#
Aktiv
#

ginekologiya bo'limi xo'jalik hisobidagi navbatchi hamshira / ginekologiya bo'limi xo'jalik hisobidagi navbatchi hamshira

Ташкент, Яшнободский район, махаллинский сход граждан Бирлашган

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 12.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Гинекология бўлими
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 0.75 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #6
🏷️ Yo'nalish / surcharge hamshiralik ishi yoki akusherlik ishi
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-02-21

📋 Talablar

- O‘rta maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi shart.
- Tibbiyot bilim yurtini (kollejni) “Hamshiralik ishi” yoki “Akusherlik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bo‘lishi kerak.
- Ginekologiya, tug‘ruq yoki akusherlik yo‘nalishidagi tibbiyot bo‘limlarida kamida 1–2 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Bilishi kerak:
- Ginekologik kasalliklarga chalingan bemorlarni parvarish qilish qoidalari;
- Aseptika va antiseptika qoidalari, sterilizatsiya usullari;
- Favqulodda holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi;
- Shifokor buyruqlarini bajarish tartibi, dori vositalarini saqlash va qo‘llash qoidalari;
- Mehnat gigiyenasi, sanitariya-gigiyena me’yorlari;
- Tibbiy etika va deontologiya prinsiplari;
- Ichki mehnat tartibi, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari;
- Tibbiy hisobot va navbatchilik hujjatlarini yuritish tartibi.

📌 Vazifalar

- Shifokor ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish, bemorlarning ahvolini doimiy nazorat qilish.
- Ginekologik bemorlarni parvarish qilish, dori vositalarini shifokor retsepti asosida berish.
- Bemorlarning tana harorati, qon bosimi, puls, nafas olish tezligini kuzatish va tegishli jurnallarga qayd etish.
- Favqulodda (shoshilinch) holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va shifokorni zudlik bilan xabardor qilish.
- Davolash-profilaktika tadbirlarini (in’yeksiya, fizioterapiya, bog‘lam, muolajalar va h.k.) xavfsiz va gigiyena qoidalariga muvofiq bajarish.
- Bo‘limda tozalik va sanitariya-gigiyenik holatni ta’minlash, bemorlar palatalari, muolaja xonasi, dori xonasi va boshqa joylarning gigiyenasiga e’tibor berish.
- Tibbiy asbob-uskunalarni, sarf materiallarini va dori vositalarini to‘g‘ri saqlash, hisobini yuritish, sarflanishini nazorat qilish.
Sterilizatsiya, dezinfeksiya va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish.
- Bemorlarni psixologik qo‘llab-quvvatlash, tibbiy etikaga va deontologiya qoidalariga amal qilish.
- Bo‘limdagi xo‘jalik ashyolari (kiyim-kechak, choyshab, asboblar va boshqalar)ni ehtiyotkorlik bilan ishlatish va hisobini yuritish.
- Navbatchilik davomida yuz bergan holatlar (bemor holati o‘zgarishi, tug‘ruq, o‘lim, shoshilinch chaqiriq va h.k.)ni maxsus navbatchilik jurnalida qayd etish.
- Navbatchilikni topshirishdan oldin bemorlarning holati, dori vositalari va asboblar holati haqida keyingi navbatchiga ma’lumot berish.
- Ichki mehnat tartibi, mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
- Shifokor tomonidan topshirilgan tibbiy hisobot va statistik ma’lumotlarni o‘z vaqtida tayyorlash va topshirish.
- Tibbiy muassasa rahbariyati tomonidan belgilangan ichki tartib va intizom qoidalariga amal qilish.

🕐 Ish sharoitlari

grafik asosida

Google xarita

None