Hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, yangi zaxira va imkoniyatlarni aniqlash, eksport potensialni faollashtirish, iste’mol bozorini monitoring qilish yo‘nalishida bosh mutaxassis / Hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, yangi zaxira va imkoniyatlarni aniqlash, eksport potensialni faollashtirish, iste’mol bozorini monitoring qilish yo‘nalishida bosh mutaxassis
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko'chasi, 85-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Tumanni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yig‘ma tahlil shu’basi |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Iqtisod yoʻnalishlari boʻyicha (Klassifikator doirasida) oliy maʼlumot (bakalavr yoki magistr) |
| ⏳ Ish tajribasi | 1 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Ha (ichki) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-19 |
📋 Talablar
Bosh mutaxassis lavozimiga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga hamda ushbu yoʻnalishlarda kamida 1 (bir) yillik ish stajiga ega, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi.
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo’ljallangan prognoz parametrlarini ishlab chiqish;
belgilangan prognoz koʻrsatkichlariga erishish maqsadida aniq chora-tadbirlarni (amalga oshirish muddati va masʼul ijrochilari belgilanadi) nazarda tutuvchi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiya va dasturlarini ishlab chiqilish.
tumanni jadal kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
prognoz koʻrsatkichlar va unga erishish uchun qabul qilingan dasturlar ijrosini monitoring qilish;
tumanni iqtisodiy o’sishiga turtki beruvchi drayver loyihalarni aniqlashi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
har haftaning chorshanba kuni tumandagi dehqon bozorlari va savdo doʻkonlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxini oʻrganish hamda narx.idm.uz platformasiga kiritish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan dasturlar ijrosini monitoring qilish va tahliliy maʼlumotlarni vazirlikka kiritish, dasturlarda bajarilmagan tadbirlar hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash;
urbanizatsiya, uy-joy va master planlarni ishlab chiqish, investitsiya, DXSH loyihalari yoʻnalishida maʼnan eskirgan va avariya holatidagi koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylarni bosqichma-bosqich renovatsiya qilish boʻyicha joyiga chiqib oʻrganish hamda dasturni shakllantirish;
“Urbanizatsiyani 2040-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifa va topshiriqlarning samarali ijrosini taʼminlash, aniqlangan muammolar boʻyicha masʼul tashkilotlarni jalb etgan holda bartaraf etish choralarini koʻrish hamda muammoning darajasidan kelib chiqib, yuqori turuvchi tashkilotlarga taklif kiritish;
maʼnan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar renovatsiyasi dasturi loyihasiga takliflarni shakllantirish va dastur ijrosini nazorat qilish;
uy-joy dasturini ishlab chiqish boʻyicha zarur maʼlumotlarni shakllantirish, bunda demografik oʻsish dinamikasi hamda taklif etilayotgan massivning muhandislik-transport
kommunikatsiyasiga yaqinligi, ijtimoiy soha, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining qurilishini hisobga olish;
uy-joy qurilishi va ipoteka bozori dasturlari ijrosi yuzasidan tahliliy maʼlumotlar va jadvallarni tayyorlash hamda Iqtisodiyot va moliya boshqarmasiga taqdim etib borish;
uy-joy qurilishi va ipoteka bozori yuzasidan dasturlar ijrosini monitoring qilib borish;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari doirasida shaharsozlik renovatsiyasi hududida joylashgan turar va noturar joy obyektlardan foydalanish noqulayligi, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi hamda muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalari zamonaviy talablarga javob bermasligi boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqish;
master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini doimiy monitoring qilib borish, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda tegishli hududiy komissiyaga kiritib borish;
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida taqdim etilgan obyektlarning haqqoniyligini joyiga chiqqan holda oʻrganish va jadallashtirish boʻyicha koʻrilgan choralarni muvofiqlashtirish;
hududda dastur doirasida va dasturdan tashqari qurilishi rejalashtirilgan va qurilayotgan barcha uy-joylarni joyiga chiqib oʻrgangan holda tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash;
aholi turmush darajasini va demografik jarayonlarni hamda inson kapitalini rivojlantirishni tahlil qilish, prognozlash, aholi turmush darajasini va demografik jarayonlarni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilsh;
kelib tushgan murojaatlarni (ariza, shikoyat, taklif) koʻrib chiqish;
nizomda belgilangan vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda, tegishli ishlarni amalga oshirish.
📌 Vazifalar
qonunchilikda belgilangan tartibda vazifaning (topshiriq) oʻz vaqtida va sifatli bajarilgani uchun lavozim maoshiga ustama, mukofotlar va boshqa turdagi taqdirlash pullarini, mehnat taʼtili hamda moddiy yordam olish;
Vazirlikning hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari xodimlari uchun tashkil etilgan boshqa ijtimoiy muhofaza obyektlaridan belgilangan tartibda foydalanish.
Bosh mutaxassis qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa huquqlarga ham ega.
9. Quyidagilar Bosh mutaxassisning asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining Vazirlik faoliyatini tartibga soluvchi Farmon va qarorlari, farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va Vazirlik tomonidan qabul qilingan sohaga oid boshqa meʼyoriy hujjatlarni bilish va ulardan amalda foydalanish;
Shu’baga ijro va maʼlumot uchun kelib tushgan hujjatlar, jumladan, xat, ariza, shikoyatlar va boshqalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish, Bosh boshqarma xodimlariga taqsimlash, nazorat qilish va ularning ijrosini taʼminlash;
funksional vazifalarni bajarishda ijro va mehnat intizomiga rioya etish;
Vazirlikda oʻtkaziladigan ommaviy-tashkiliy, xodimlar malakasini oshirish tadbirlarida faol ishtirok etish.
Bosh mutaxassis qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa majburiyatlarga ham ega.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba-Juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha