Ijtimoiy himoya milliy agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi, Kogon tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi / Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho‘basi bosh mutaxassisi (supervayzer)
Kogon tumani Taraqqiyot MFY Taraqqiyot ko'chasi 1-uy
Ish haqida:
MALAKAVIY TALABLAR
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (magistr, falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ilmiy daraja yoki dotsent, katta ilmiy xodim, professor ilmiy unvonga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi). Ijtimoiy ish, psixologiya, yuridik, ijtimoiy-gumunitar yoki iqtisodiy, moliyaviy yo‘nalishlar (ijtimoiy ish, psixologiya, yurisprudensiya, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodologiyasi yo‘nalishlariga ustuvorlik beriladi). Ijtimoiy ish, psixologiya, yuridik yoki boshqa ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kamida 2 yil, shundan 1 yili boshqaruv lavozimida bo‘lishi. Davlat tilida so‘zlashish va ish yuritish. Xorijiy, xususan rus, ingliz yoki boshqa kamida bitta chet tillarini mukammal darajada bilishi (milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi). Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), elektron ma’lumotlar bazalari, zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi. Professional, ish etiketi va muomala madaniyatiga ega bo‘lishi. Ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ilg‘or nazariy bilimlarga ega bo‘lish. Ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qo‘llay olish ko‘nikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy ish xodimlari va ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini namoyish etish. Ruhiy salomatlik bo‘yicha va inqirozli holatlarga oid maslahatlar berish hamda ijtimoiy-psixologik xizmatlar ko‘rsatish ko‘nikmalari. Shaxsning ruhiy holatidan xabardor bo‘lish va kasbiy toliqish (kasbiy kuyish sindromi) oldini olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Shaxslararo munosabatlari tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (turli yoshdagi va holatdagi shaxslar bilan). Jamoani boshqarish, yo‘naltirish va xodimlarni bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish ehtiyojlarini aniqlash, idoralararo hamkorlikni tashkil etish va yuritish hamda mas’uliyatli bo‘lishi. Vaziyatni boshqarish, monitoring va tahlil qilish ko‘nikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish dasturlarini muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini va qayta-ko‘rib chiqish zaruriyatlarini kuzatish). Davlat xizmatlari, ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor bo‘lishi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.
LAVOZIMIY MAJBURIYATLARI
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish
ISH SHAROITLARI
dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
MUTAXASSISLIGI
Ijtimoiy ish, psixologiya, yuridik, ijtimoiy-gumunitar yoki iqtisodiy, moliyaviy yo‘nalishlar (ijtimoiy ish, psixologiya, yurisprudensiya, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodologiyasi yo‘nalishlariga ustuvorlik beriladi).
Telefon raqam
998912452100