

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi, Romitan tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi / Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash sho‘basi bosh mutaxassisi
Romitan tumani Zarafshon MFY Bahoriston ko'chasi 84-uy, Murojaat uchun: +998 99 337 67 42
Ish haqida:
Malakaviy talablar
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (magistr, ilmiy unvonga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi). Ijtimoiy ish, yuridik, tibbiy, iqtisodiyot va moliya kabi yoʻnalishlardagi mutaxassislar. Kamida 2 yil umumiy ish staji, mahalliy boshqaruv organlarida kamida 1 yillik ish staji (Milliy va xalqaro loyihalarda, Respublika davlat boshqaruvi organlari ijtimoiy xizmatlar sohasida ish stajiga ega shaxslarga ustuvorlik beriladi). Rus tili (ingliz tilini bilishi, milliy va xalqraro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi). Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi darajasida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi. Aholiga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish borasida qonunchilik hujjatlari, jumladan, “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi, “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonunidan toʻliq xabardor boʻlishi, soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va uni hayotga tatbiq etish usullarini bilishi, yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondashishi, doimiy ravishda malakasini oshirish; Professional, ish etiketi va muomila madaniyatiga ega boʻlishi; Jamoada ishlash kobiliyati, masʻuliyatli boʻlishi; Davlat xizmatlari, ijtimoiy sohalarda xozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor boʻlishi.
Lavozimiy majburiyatlari
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish
Ish sharoitlari
Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
Mutaxassisligi
Ijtimoiy ish, yuridik, tibbiy, iqtisodiyot va moliya kabi yoʻnalishlardagi mutaxassislar.