Ijtimoiy himoya milliy agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi / 1-hudud 2-uchastkada (Xo‘jarabot MFY, Kumushkent MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim
Buxoro shahar, Hofiz Tanish Buxoriy koʻchasi 25-uy
Ish haqida:
MALAKAVIY TALABLAR
Oliy (bakalavr) maʻlumotga ega boʻlishi lozim, bundan ijtimoiy ish, tibbiy-ijtimoiy ish (tibbiy-ijtimoiy xodim (40920102)), ijtimoiy muhofaza (pensiya jamgʻarmasi inspektori, ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatish inspektori) (40410701), davlat-huquqiy faoliyat (50420101), yuridik xizmat (50420102), sud-huquqiy faoliyat (50420103) yoʻnalishlari boʻyicha oʻrta-maxsus maʻlumotga ega nomzodlar, mustasno. Bunda: oliy (bakalavr) maʻlumotli shaxslar oʻrta-maxsus maʻlumotga ega nomzodlarga nisbatan; ijtimoiy ish va psixologiya yoʻnalishida taʻlim olgan, shuningdek, oliy maʻlumot ega boʻlib xalqaro tashkilotlar tomonidan ijtimoiy ish boʻyicha tashkil etilgan treninglardan oʻtgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlgan shaxslarga oliy (bakalavr) maʻlumotli nomzodlarga nisbatan; magistr, falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ilmiy daraja yoki dotsent, professor ilmiy unvoniga ega shaxslarga oliy (bakalavr) maʻlumotli va oʻrta-maxsus maʻlumotli nomzodlarga nisbatan ustuvorlik beriladi. MUTAXASSISLIK: Quyidagi yoʻnalishlarida oliy maʻlumotga ega boʻlishi kerak: a) taʻlim (110 000) barcha bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari, bundan jismoniy madaniyat (60112200, 70112201), texnologik taʻlim (60112300, 70112301), chaqiriqqacha harbiy taʻlim (60112000, 70112001) mustasno. b) gumanitar fanlar (tillardan tashqari) (220 000) barcha bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari; s) tillar (230 000) barcha bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari; d) ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar (310 000) barcha bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari; e) jurnalistika va axborot (320 000) barcha bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari; f) biznes va boshqaruv (410 000) barcha bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari; g) huquq (420 000) barcha bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari; h) sogʻliqni saqlash (910 000) barcha bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari; i) ijtimoiy taʻminot (920 000) barcha bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari; j) gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi (1020 000) yoʻnalishining hayot faoliyati xavfsizligi (61020100) kodidagi mutaxassislar; k) xavfsizlik xizmati (1030 000) yoʻnalishining xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʻminlash (psixolog) (61030200, 71030201) kodidagi mutaxassislar. Bunda, bilim va taʼlim sohalari, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning nomi oʻzgarmagan holda kodlar oʻzgarishiga yoʻl qoʻyiladi. Shuningdek, ijtimoiy ish va psixologiya yoʻnalishida kasbiy qayta tayyorlovdan oʻtgan oliy maʻlumotga ega boʻlgan shaxslar tanlovda ishtirok etishi mumkin. MEHNAT ISH STAJI: Kamida 1 yillik mehnat tajribasiga ega boʻlishi talab etiladi. Bunda, ijtimoiy ish, davlat boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki ijtimoiy sohalarga, shu jumladan ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oila (shaxslar) bilan ishlash koʻnikmalari mavjud nomzodlarga ustuvorlik beriladi Ijtimoiy ish (60920100, 70920101), psixologiya (60310900, 60920100, 70110102, 70311002, 70910216, 70920101, 70310901), maktabgacha taʻlim psixologiyasi va pedagogikasi (60110300) defektologiya (60112700, 70110401), ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi (70311002), yoʻnalishining xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʻminlash (psixolog) (61030200, 71030201) yoʻnalishlarida oliy maʻlumotga ega boʻlgan nomzodlardan 1 yillik mehnat staji, mazkur yoʻnalishlarda sirtqi taʻlimda bitiruv kursi talabalaridan oliy (bakalavr) maʻlumot va 1 yillik mehnat staji talab etilmaydi. TILNI BILISH DARAJASI: Davlat tilida erkin soʻzlashish va ish yuritish koʻnikmalariga ega bolishi lozim. Xorijiy tilini bilishi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga ustuvorlik beriladi. KOMPYUTER SAVODXONLIGI: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k.), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi. QOʻSHIMCHA TALABLAR VA CHEKLOVLAR: Qoʻshimcha talablar: – aholiga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish borasida qonunchilik hujjatlari, soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va uni hayotga tatbiq etish usullarini bilishi, yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondashishi, doimiy ravishda malakasini oshirish; – ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish nazariy yondashuvlari boʻyicha bazaviy bilimlarga ega boʻlish; – ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qoʻllay olish koʻnikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa oʻrnatish koʻnikmalarini namoyish etish; – shaxslararo munosabatlarni tashkil etish koʻnikmalariga ega boʻlish (turli yoshdagi va holatdagi shaxslar bilan), kuchli muloqot qobiliyatlari, empatiya, asosiy psixologiyani bilish, tashkilotchilik qobiliyati, stressni boshqarish qobiliyati; – jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, masʻuliyatli boʻlish; – ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor boʻlish; – vaziyatni boshqarish koʻnikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarni muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-koʻrib chiqish). Qonunchilikda belgilangan cheklovlar: – oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar; – sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; – ruhiy asab kasalliklari va narkologiya dispanseridan hisobda turgan shaxslar; – sudning qarori bilan muayyan muddatga qonunchilikda belgilangan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; – ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; – tibbiy xulosaga asosan sogʻligʻining holati mahallada kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar.
LAVOZIMIY MAJBURIYATLARI
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish
ISH SHAROITLARI
dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
MUTAXASSISLIGI
Quyidagi yo‘nalishlarda oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak: psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) 60310900 bo‘yicha bakalavr hamda psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha (70310901) magistratura yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek: ta’lim yo‘nalishi: pedagogika (60110100) shundan, pedagogika va psixologiya (faoliyat turi bo‘yicha) magistratura (70110102); ta’lim yo‘nalishi: davolash ishi (60910200) shundan, tibbiy psixologiya 70910216 yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Telefon raqam