Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis (operator) / Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis (operator)
Xorazm viloyati, Urganch shahar, P.Mahmud ko'chasi, 13/1
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Yangiariq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #8 |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | ustuvor ravishda ijtimoiy taʼminot, yuridik, iqtisodiyot yoki davlat boshqaruvi yoʻnalishlari va mutaxassisliklari |
| ⏳ Ish tajribasi | 1 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-04 |
📋 Talablar
Ma’lumot Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrta-maxsus yoki oliy taʼlim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy taʼlim tashkilotlarining oʻrta-maxsus yoki oliy maʼlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlish (oliy taʼlim, magistratura darajasiga egalikka ustuvorlik beriladi) Mutaxassislik ustuvor ravishda ijtimoiy taʼminot, yuridik, iqtisodiyot yoki davlat boshqaruvi yoʻnalishlari va mutaxassisliklari Mehnat staji Mutaxassislik yoʻnalishi boʻyicha tarmoqlarda kamida 1 yil (oʻrta-maxsus maʼlumotga ega nomzodlar uchun ijtimoiy soha tarmoqlarida 2 yil) Bilishi lozim - Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy himoya tizimi va uning tashkilotlari toʻgʻrisida umumiy tushunchaga ega boʻlishi; - “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining maqsad va vazifalari, ularning tashkiliy tuzilmasi hamda yoʻnalishlari toʻgʻrisida bilishi; - ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamlar sohasidagi qonunlar, qarorlar va farmonlardan xabardorligi; - murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va yoʻnaltirish jarayonini, jumladan murojaat etish mexanizmlarini; - aholiga xizmat koʻrsatish jarayonida hujjatlarni qabul qilish, ularni tekshirish, qayta ishlash va yuborish qoidalarini; - ijtimoiy xizmatlar foydalanuvchilarining shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish va maxfiylik qoidalarini; - ijtimoiy xizmat faoliyatiga doir huquqiy va amaliy hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va taqdim etish tartibi. Kompyuter savodxonligi Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi Xorijiy tilni bilish darajasi Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. Qo‘shimcha talablar - davlat tilida ish yuritish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi; - jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega boʻlishi; - Fuqarolar bilan muloqot qilishning madaniy va etik qoidalari, axloq normalari, murojaat qiluvchi shaxslarni hurmat qilish, turli yosh va ijtimoiy guruhlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi; - ijtimoiy xizmat koʻrsatish jarayonida vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlar va nizolarni hal etish usullaridan xabardorlik; - korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan boʻlishi; - Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” 2022-yil 8-avgustdagi OʻRQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlardan xabardor boʻlishi va unga qatʼiy amal qilishi. Lavozimga qabul qilish mumkin bo‘lmagan nomzodlar - oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar; - sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; - sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; - korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar; - ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; - tibbiy xulosaga asosan sogʻligʻining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar; - davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar.
📌 Vazifalar
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.