Immunolog shifokor / Immunolog shifokor
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Шифокорлар |
| 💰 Maosh | 3 265 185 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Immunolog |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | ✅ Ha |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2025-12-06 |
📋 Talablar
1. Immunolog- shifokor - umumiy pediatr shifokori, umumiy amaliyot shifokori - peda- gog, umumiy pediatr shifokor - pedagog (keyingi o‘rinlarda UAV) - «davolash ishi» («umumiy amaliyot shifokori»), «pediatriya ishi» ixtisosligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan diplomli mutaxassis bo‘lib, poliklinikaga biriktiril- gan aholiga jinsi va yoshidan qat’i nazar ko‘ptarmoqli birlamchi shifokorlik tibbiy yordamini ko‘rsatish va boshqariladigan infeksiyalarning immunprofilaktikasi bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish huquqiga ega.
2. Immunolog- shifokor lavozimiga umumiy amaliyot shifokori diplomiga ega bo‘lgan yoki ixtisosligi boshqa bo‘lgan shifokor, umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligi bo‘yicha dasturni muvaffaqiyatli tugatgan va malakaviy tavsifi talablariga muvofiq sertifikat olgan shifokori tayinlanadi.
3. Immunolog- shifokor o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, sog‘liqni saqlashning tegishli regional va hududiy boshqaruv organlari buyruqlari va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlariga hamda mazkur nizomga amal qiladi.
4. Immunolog- shifokor oilaviy poliklinikaning bosh shifokori tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mos ravishda lavozimga tayinlanadi va bo‘shatiladi.
📌 Vazifalar
Immunolog- shifokorining vazifalari quyidagilardan iborat:
5. Profilaktik emlashlar jadvalini hisobga olgan holda, profilaktik em- lashlarning yillik rejasini tuzish.
6. Vaksinalarga bo‘lgan yillik, chorak va har oylik talabni aniqlash.
7. Biriktirilgan hududdagi bolalarni o‘z vaqtida va to‘liq hisobga olinishini doimiy nazorat qilish.
8. Qilinayotgan emlashlarning sifati, qamrovning to‘liqligi va o‘z vaqtida o‘tkazilishining nazorat qilish.
9. Profilaktik emlashlar rejalashtirilishini ishonchliligi va rejaning ba- jarilishini nazorat qilish.
10. Emlashlarga tibbiy qarshiliklari bo‘lgan bolalarni, tanlab ko‘rikdan o‘tkazish.
11. Asoslanmagan tibbiy qarshiliklar berganlik uchun shaxsan javobgarlikni olish.
12. Emlashlarga uzoq muddatli tibbiy qarshiliklari bo‘lgan bolalarni immunologik komissiyasiga taqdim etish, ularni vaksinasiyalash masalasini hal etish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun statsionarlarga yo‘naltirish.
13. Umumiy amaliyot shifokori taqdimotiga ko‘ra og‘ir anamnezli bolalarga vaksi- natsiyalar o‘tkazish yuzasidan yozma tavsiyalar beradi va 112/u shaklda (laborato- riya tekshirishlari, mutaxassis maslahati, emlashlarning yakka tartibda jadvali- ni tuzish va boshqalar) qayd qiladi.
14. Emlashdan so‘ng odatdan tashqari ko‘rinishlar kuzatilayotgan bolalarni na- zoratga oladi.
15. Umumiy amaliyot shifokori bilan birga vaksinasiyadan so‘ng asoratlar kuzatilgan barcha holatlar yuzasidan tahlil o‘tkazadi.
16. Uyushgan va uyushmagan bolalar orasida emlashlar holatining tahlilini o‘tkazadi va ularni yaxshilash bo‘yicha choralarni belgilaydi.
17. Emlash xonasi hamshirasi va immunnobiologik dorilar uchun javobgar xodimlar ishini nazorat qiladi.
18. Emlash xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tibbiy hodimlar bilan birlamchi ko‘rsatmalarni o‘tkazadi.
19. Aholi o‘rtasida immunoprofilaktika masalalariga bag‘ishlangan sanitariyatushuntirish ishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi.
🕐 Ish sharoitlari
Poliklinika ish grafigi asosida