Immunolog shifokori / Immunolog shifokori
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | tor doiradagi vrachlar |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Davolash ishi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
Immunolog-shifokor quyidagi huquqlarga ega:
1. Belgilangan tartibda o‘z kasbiy malakasini oshirish va malakaviy darajasini olish uchun attestatsiyadan o‘tish.
2.Biriktirilgan aholiga tibby-ijtimoiy yordamni yaxshilash masalalarida oilaviy poliklitnika rahbariyatiga va sog‘liqni saqlashning yuqori turuvchi boshqaruv organlariga takliflar kiritish.
3.Majlislarda, ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish, faoliyati umumiy amaliyot shifokorining maqsadlari va vazifalariga to‘g‘ri keladigan turli jamoaviy va kasbiy tashkilotlarda a’zo bo‘lish.
4.Boshqa mutaxassislar tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etish.
📌 Vazifalar
Immunolog-shifokorning vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Profilaktikemlashlar jadvalini hisobga olgan holda, profilaktik emlashlarning yillik rejasini tuzish.
2.Vaksinalarga bo‘lgan yillik, chorak va har oylik talabni aniqlash.
7.Biriktirilgan hududdagi bolalarni o‘z vaqtida va to‘liq hisobga olinishini doimiy nazorat qilish.
3.Qilinayotgan emlashlarning sifati, qamrovning to‘liqligi va o‘z vaqtida o‘tkazilishining nazorat qilish.
4.Profilaktik emlashlar rejalashtirilishini ishonchliligi va rejaning bajarilishini nazorat qilish.
5.Emlashlarga tibbiy qarshiliklar bo‘lgan bolalarni, tanlab ko‘rikdan o‘tkazish.
6. Asoslanmgan tibbiy qarshiliklar berganlik uchun shaxsan javobgarlikni olish.
7.Emlashlarga uzoq muddatli tibbiy qarshiliklari bo‘lgan bolalarni immunologik komissiyasiga taqdim etish, ularni vaksinatsiyalash masalasini hal etish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun statsionarlarga yo‘naltirish.
8.Umuimiy amaliyot shifokori taqdimotiga ko‘ra og‘ir anamnezli bolalarga vaksinatsiyalar o‘tkazish yuzasidan yozma tavsiyalar beradi va 112/u shaklda (laboratoriya teshirishlari, mutaxassis maslahati, emlashlarning yakka tartibda jadvalni tuzish va boshqalar) qayd qiladi.
9.Emlashdan so‘ngi odatdan tashqari ko‘rinishlar kuzatilayotgan bolalarni nazoratga oladi.
10.Umumiy amaliyot shifokori bilan birga vaksinatsiyadan so‘ng asoratlar kuzatilgan barcha holatlar yuzasidan tahlil o‘tkaziladi.
11.Uyushgan va uyushmagan bolalar orasida emlashlar holatining tahlilini o‘tkazadi va ularni yaxshilash bo‘yicha choralarni belgilaydi.
12.Emlash xonasi hamshirasi va immunnobiologik dorilar uchun javobgar xodimlar ishini nazorat qiladi.
13.Emlash xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tibbiy xodimlar bilan birlamchi ko‘rsatmalarni o‘tkazadi.
14.Aholi o‘rtasida immunoprofilaktika masalalariga bag‘ishlangan sanitariya-tushuntirish ishlari tashkil etadi va o‘tkazadi.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida