Immunolog shifokori / Immunolog shifokori
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Chinobod ko'chasi, 88-A uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Иммунология |
| 💰 Maosh | 3 593 117 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | 99/637-93-33 umumiy pediatr shifokor, umumiy amaliyot shifokori-pedagog, umumiy amaliyot pediatr shifokor pedagog (keyingi o‘rinlarda UAV)- “davolash ishi” (“umumiy amaliyot shifokori”), “pediatriya ishi” ixtisosligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan diplomli mutaxassisi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-02-28 |
📋 Talablar
99/637-93-33 umumiy pediatr shifokor, umumiy amaliyot shifokori-pedagog, umumiy amaliyot pediatr shifokor pedagog (keyingi o‘rinlarda UAV)- “davolash ishi” (“umumiy amaliyot shifokori”), “pediatriya ishi” ixtisosligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan diplomli mutaxassisi
📌 Vazifalar
1. Profilaktik emlashlar jadvalini hisobga olgan holda, profilaktik emlashlarning yillik rejasini tuzish.
2. Vaksinalarga bo‘lgan yillik, chorak va har oylik talabni aniqlash.
3. Biriktirilgan hududdagi bolalarni o‘z vaqtida va to‘liq hisobga olinishini doimiy nazorat qilish.
4.Qilinayotgan emlashlarning sifati, qamrovning to‘liqligi va o‘z vaqtida o‘tkazilishining nazorat qilish.
5. Profilaktik emlashlar rejalashtirilishini ishonchliligi va rejaning bajarilishini nazorat qilish.
6. Emlashlarga tibbiy qarshiliklar bo‘lgan bolalarni, tanlab ko‘rikdan o‘tkazish.
7. Asoslangan tibbiy qarshiliklar berganlik uchun shaxsan javobgarlikni olish.
8.Emlashlarga uzoq muddatli tibbiy qarshiliklari bo‘lgan bolalarni immunologik komissiyasiga taqdim etish, ularni vaksinasiyalash masalasini hal etish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun statsionarlarga yo‘naltirish.
9.Umuimiy amaliyot shifokori taqdimotiga ko‘ra og‘ir anamnezli bolalarga vaksinasiyalar o‘tkazish yuzasidan yozma tavsiyalar beradi va 112/u shaklda (laboratoriya tekshirishlari, mutaxassis maslahati, emlashlarning yakka tartibda jadvalni tuzish va boshqalar) qayd qiladi.
10.Emlashdan so‘ngi odatdan tashqari ko‘rinishlar kuzatilayotgan bolalarni nazoratga oladi.
11.Umumiy amaliyot shifokori bilan birga vaksinasiyadan so‘ng asoratlar kuzatilgan barcha holatlar yuzasidan tahlil o‘tkaziladi.
12. Uyushgan va uyushmagan bolalar orasida emlashlar holatining tahlilini o‘tkazadi va ularni yaxshilash bo‘yicha choralarni belgilaydi.
13. Emlash xonasi hamshirasi va immunnobiologik dorilar uchun javobgar xodimlar ishini nazorat qiladi.
14. Emlash xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tibbiy xodimlar bilan birlamchi ko‘rsatmalarni o‘tkazadi.
15.Aholi o‘rtasida immunoprofilaktika masalalariga bag‘ishlangan sanitariya-tushuntirish ishlari tashkil etadi va o‘tkazadi.
16. Poliklinika ichki tartib qoidolariga rioya qilish.
17.Lavozim yo'riqnomasi bandlariga to'liq rioya qilib ularni o'z vaqtida va sifatli bajarish.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida