#
Aktiv
#

Infratuzilmani rivojlantirish sho'ba bosh mutaxassisi / Infratuzilmani rivojlantirish sho'ba bosh mutaxassisi

Фарғона вилояти Фарғона шаҳри А.Навоий кўчаси 17-А-уй

3 500 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 07.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Infratuzilmani rivojlantirish sho'basi
💰 Maosh 3 500 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Turizm, iqtisodiyot, muhandislik va qurilish sohasi yo‘nalishlari, transport logistikasi
⏳ Ish tajribasi 2 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-03

📋 Talablar

Oliy ma’lumotli. Turizm, iqtisodiyot, mahandislik va qurilish sohasi yo‘nalishlari, transport logistika mutaxassisligiga ega bo‘lishi, Davlat boshqaruv organlarida yoki uning tarkibidagi hududiy bo‘linmalarida kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan, davlat tilini mukammal bilgan bo‘lishi kerak. Ingliz, rus, nemis, fransuz, arab, xitoy va yapon tillaridan kamida bittasini B2 darajasida bilsa, afzallik beriladi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovasining ofis to‘plamlari hamda internet tarmog‘idan foydalana olish.

📌 Vazifalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qo‘mitaning buyruqlari, boshqarma boshlig‘i va sho‘ba boshlig‘ining topshiriqlari, sho‘ba to‘g‘risidagi nizom hamda mazkur lavozim yo‘riqnomasi talablariga rioya etishi;
o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni vijdonan, xolisona, o‘z vaqtida va sifatli bajarishi;
davlat fuqarolik xizmati prinsiplariga, davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga doir qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilishi;
xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanmasligi, xizmat faoliyati davomida o‘ziga ma’lum bo‘lgan xizmatga oid ma’lumotlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarning saqlanishini ta’minlashi;
manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda bu haqda belgilangan tartibda darhol xabar berishi;
o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulkining butligi va undan maqsadli foydalanilishini ta’minlashi;
kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishi shart.
Bosh mutaxassis o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, tayyorlangan tahliliy materiallar, takliflar va taqdirnomalarning sifati hamda taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None