Inson resurslarini boshqarish bo'yicha bosh mutaxassis / Inson resurslarini boshqarish bo'yicha bosh mutaxassis
Toshkent shaxri Olmazor tumani Universitet ko'chasi -7 uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Раҳбарият |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | HR menejment |
| ⏳ Ish tajribasi | 2 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Ha (ichki) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-02 |
📋 Talablar
Ma’lumoti oliy (bakalavr yoki magistr); • Inson resurslarini boshqarish sohasi yo‘nalishida va kamida 2 yil mehnat stajiga ega, mehnat to' g'risidagi qonunchilikni o'zlashtirgan, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish hamda axborot xavfsizligi va shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlash bo'yicha bilimlarga ega bo 'lishi; •
Mehnat qonunchiligini mukammal bilish; • Davlat tilini bilishi (xorijiy tillarni bilish, IELTS, TOEFL IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi); Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami (Word, Excel, Power Point, Access) hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi; • edo.ijro.uz elektron hujjatlar almashinuv dasturi platformasida ishlay olishi shunigdek, UzASBO dasturining kadirlarga oid qismini bilishi, ishlay olishi, "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksi- my.mehnat.uz; davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali-vacancy.argos.uz; davlat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni elektron shaklda yuritish platformasi-hrm.argos.uz elektron platformalari hamda boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi shart. • Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, odob-axloq qoidalari bilan tanishganligi, davlat fuqarolik xizmatiga hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlardan xabardorligi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi; • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan yoki chet el oliy o‘quv yurtlarida mutaxassisligi bo'yicha o‘qigan yoki malaka oshirgan shaxslarga ustunlik beriladi; • O'zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati tog'risida"gi Qonunning 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.
📌 Vazifalar
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 212-sonli qarorida belgilangan asosiy vazifalarni bajarish; • Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi, Vazirlik rahbariyati, Jamg‘arma ijro etuvchi direktori tomonidan berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni, o‘ziga yuklatilgan funksiyalar va vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; • Jamg‘armaning inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil qilish; • Jamg‘armaning ichki mehnat tartiblariga rioya qilish; • Jamg‘armaning kadrlar bo‘yicha siyosati va strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish; • Mehnat qonunchiligi, Jamg‘arma Nizomi, lavozim yo‘riqnomalari va Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining buyruqlariga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish va bo‘shatishni rasmiylashtirish; • shaxsiy tarkibni hisobga olish, xodimlarning mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnomalar berish, mehnat daftarchalarini saqlash va to‘ldirish, kadrlar bo‘yicha belgilangan hujjatlarni yuritish; • pensiya sug‘urtasi bo‘yicha hujjatlarni, shuningdek Jamg‘arma xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlash; • tabellar tuzishni tashkil etish va nazoratini olib borish; • takliflar asosida xodimlarning mehnat ta’tillari grafigini tuzish va tasdiqlatish, ta’tillar grafigi bajarilishini, mehnat intizomi hamda ichki mehnat tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish; • Xodim shaxsiy tarkibini hisobga olish va bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha belgilangan hisobotlarni tuzish va tegishli organlarga taqdim etish; • Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini ta’minlash.
Mutaxassisligi: Inson resurslarini boshqarish (HR menejment), Huquqshunoslik, menejment-iqtisodchi
🕐 Ish sharoitlari
09:00-18:00