Jomiy MFYdagi hokim yordamchisi / Jomiy MFYdagi hokim yordamchisi
Toshkent viloyati Bekobod shahar 11054 G'.G'ulom ko'chasi 1-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Xokimning MFYlardagi yordamchilari |
| 💰 Maosh | 6 500 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Oliy maʼlumotli (bakalavr) (Iqtisodiyot, moliya, menejment, marketing, biznes boshqaruvi yo‘nalishida oliy maʼlumotga ega bo‘lishi |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-20 |
📋 Talablar
Oliy (xorijiy oliy ta’lim ma’lumotiga yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi), Talab etiladigan mutaxassisliklar: Iqtisod (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), moliya, menejment, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, marketing, buxgalteriya hisobi.
Davlat organlarida (tashkilotlarida) 3 yil stajiga ega bo‘lishi lozim.
O‘zbek tilini mukammal bilishi lozim.
Xorijiy tillarni bilishiga ustunlik beriladi.
AKT sohasini bazaviy bilishi, axborot xavfsizligi va Microsoft word, excel, powerpoint, photashop (qisman), dasturlarida hamda internetda mustaqil ishlay olishi lozim.
Yuklatilgan vazifalarni mustaqil, ko‘maksiz bajara oladigan, odob-axloq normalari, rahbarlik etikasiga rioya etadigan, zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantiradigan va amalgaoshiradigan, axborot maydoni monitoringini olib boradigan va tahlil qiladigan, yoritadigan, oxirgi uch yil davomi davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda bo‘shatilmagan bo‘lishi lozim.
📌 Vazifalar
Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganish, jumladan aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish; mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo‘yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash; doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini taʼminlashga yordam berish; mahalladagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mavsumiy ishchilarga bo‘lgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, "temir daftar", "ayollar daftari" va "yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish; mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda ko‘maklashish; mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish, ularga tadbirkorlik bilan mustaqil shug‘ullanish tajribasiga ega bo‘lmagan fuqarolarni o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ularga biriktirish; aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; mahalladagi ish bilan band bo‘lmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, qishloq xo‘jaligi kooperativiga aʼzo bo‘lish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara to‘lovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishi uchun subsidiyalar olishda ko‘maklashish; mahalladagi bo‘sh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga ajratish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli xil faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun ajratish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etish.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanbadan Jumagacha 5 ish kuni, ish vaqti 9:00dan 18:00gacha, tushlik 13:00-14:00gacha