Kasallik, zararkunanda xasharot, va begona o‘tlar tarqalishini prognoz qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassis / Kasallik, zararkunanda xasharot, va begona o‘tlar tarqalishini prognoz qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassis
Surxondaryo viloyati Termiz shahar Oytumor ko'chasi 5-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Qiziriq tumani bo'limi |
| 💰 Maosh | 1 799 521 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy (Bakalavr) |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | O‘simliklar himoyasi va karantini. Biolog. Entomolog. |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-05-13 |
📋 Talablar
Oliy ma’lumotli, OTM klassifikatoriga muvofiq mutaxassislik (o‘simliklar karantini va himoyasi, agronom, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi ta’lim yo‘nalishi)ni tamomlagan, soha yoki boshqaruv organlarida kamida 10 (o‘n) yillik ish tajribasiga ega hamda boshqaruv organlarining rahbarlik lavozimlarida kamida 5 (besh) yillik ish stajiga ega bo‘lishi zarur. Tanlovda rus tilini bilish bo‘yicha kamida S1 darajasi, ingliz tili bo‘yicha kamida B2 darajasi bo‘yicha chet tillarini mukammal bilgan hamda shu bilan bir qatorda boshqaruv organlarida rahbarlik lavozimlarida kamida 5 (besh) yil ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi. Xodimga oylik ish haqidan tashqari lavozimidagi asosiy faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) inobatga olingan holda, xodimga qo‘shimcha ustamalar ham to‘lash ko‘zda tutilgan.
📌 Vazifalar
Quyidagilarni bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi: 1) Kompyuter savodxonligi bo‘yicha: “Microsoft Excel”, “Microsoft Word” va “PowerPoint” dasturlarini bilishi; 2) Talablar: Karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda yo‘q qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud bo‘lmagan hududlariga kirib borishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda fitosanitariya talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, boshqaruv usullarini puxta bilishi shuningdek, “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘simliklar karantini va himoyasi sohasiga oid qabul qilingan qonuchilik hujjatlarini hamda mehnat qonunchiligini mukammal bilishi alohida ahamiyatga ega. 3) Majburiyatlar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi 311-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi to‘g‘risida Nizomning 16, 17, 24, 25-bandlariga asosan Navoiy viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasiga yuklatilgan vazifa, funksiya va majburiyatlarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, nomzod Navoiy viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining lavozim yo‘riqnomasida belgilangan boshqa vazifa, funksiya va majburiyatlarni o‘z vaqtida hamda sifatli ijro etilishi bo‘yicha majburiyatlar yuklatiladi.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba-Juma 9:00 dan 18:00 gacha