#
Aktiv
#

"Katta Qorasuv" mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchisi / "Katta Qorasuv" mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchisi

Mirzo Ulug'bek tuman mustaqilik shoh ko'chasi 122 uy

6 000 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 25.04.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi ҳоким ёрдамчилари
💰 Maosh 6 000 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Iqtisodiyot, moliya, menejment, marketing, biznes boshqaruvi, ijtimoiy yo‘nalishida oliy maʼlumotlari
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-04-21

📋 Talablar

Bakalavr darajasidagi oliy maʼlumotga ega boʻlishi lozim; 2. Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarda tugallangan mutaxassis boʻlishi lozim; 3. Tadbirkorlik faoliyatida (ta’sischi yoki mazkur tadbirkorlik faoliyatini boshqargan) yuqori natijalarga erishgan, intiluvchan, qobiliyatli, sohada 5 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkorlar, faol yoshlar, 4. Kamida 3 yil ish tajribasiga ega boʻlgan, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirliklarida, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy boʻlinmalarida boʻlim (shoʻba) boshligʻidan past boʻlmagan lavozimda ishlagan rahbar hodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda rahbar boʻlib ishlagan nomzodlar qabul qilinadi. Nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yo’nalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni inobatga olgan holda rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar ham ishga qabul qilinishi mumkin; 5. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi lozim; 6. 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi 788-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasi talablari.

📌 Vazifalar

Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganish, jumladan aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish; mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo‘yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash; doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini taʼminlashga yordam berish; mahalladagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mavsumiy ishchilarga bo‘lgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, "temir daftar", "ayollar daftari" va "yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish; mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda ko‘maklashish; mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish, ularga tadbirkorlik bilan mustaqil shug‘ullanish tajribasiga ega bo‘lmagan fuqarolarni o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ularga biriktirish; aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; mahalladagi ish bilan band bo‘lmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, qishloq xo‘jaligi kooperativiga aʼzo bo‘lish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara to‘lovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishi uchun subsidiyalar olishda ko‘maklashish; mahalladagi bo‘sh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga ajratish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli xil faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun ajratish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etish.

🕐 Ish sharoitlari

Dushanba-juma kunlari 9-00dan 18-00 gacha

Google xarita

None