Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash sho‘basi bosh mutaxassisi / Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash sho‘basi bosh mutaxassisi
Namangan shahar, Baynalmilal MFY, Nodira ko‘chasi, 9-uy.
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Yangiqo‘rg‘on tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 0.5 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Ustvor ravishda ijtimoiy ta’minot, iqtisodiy, yuridik, sog‘liqni saqlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklari |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Ha (ichki) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi)
📌 Vazifalar
Mehnat staji: davlat boshqaruv organlari va tashkilotlarining ijtimoiy ta’minot, iqtisodiy, sog‘liqni saqlash tarmoqlarida kamida 1 yil mehnat stajiga ega (shundan Ijtimoiy xodimlar guruhi lavozimida kamida 1 yil ishlaganlarga ustuvorlik beriladi)
Bilishi lozim: - katta yoshdagilar uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardan habardor bo‘lishi;
- katta yoshdagilar uchun ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha xorijiy tajribalar bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi;
- mavjud ijtimoiy sohadagi holat, undagi muammolar va ushbu muammolarni baratarf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan tahliliy ma’lumotlarni ishlab chiqish;
- tizimida yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy xizmatlar bo‘iycha kordinatorlik qilish va hududlarda ushbu xizmatlarni bajarilishini monitoring qilish;
- Agentlik tizimida katta yoshdagilar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish, ularni amaliyotga tatbiq qilish;
- ijtimoiy masalalar bo‘yicha normativ-xuquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro aloqalarga oid zarur bilim va malakaga ega bo‘lishi.
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
Xorijiy tilni bilish darajasi : Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi.
Qo‘shimcha talablar: - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi;
- soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi
O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi.
Lavozimga qabul qilish mumkin bo‘lmagan nomzodlar ; - o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
- sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
- korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
- og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
- tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar;
- davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma. Ish vaqti: Kunning birinchi yoki ikkinchi yarmida (kelishuv asosida). Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.