#
#

Kogon shahar hokimining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha “Do`stlik” mahalla fuqarolar yig`inidagi yordamchisi / Mahalla fuqarolar yig`inidagi yordamchisi

Kogon shahar

Kelishilgan holda / Oylik
Tugash sanasi: Mavjud emas

Ish haqida:

MALAKAVIY TALABLAR

1. Bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatida (ta’sischi yoki mazkur tadbirkorlik faoliyatini boshqargan) yuqori natijalarga erishgan, intiluvchan, qobiliyati, sohada 5 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkorlar, faol yoshlar, istisno tarqasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin. 2. Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida mutaxassis bo‘lishi lozim. 3. Kamida 3 yil ish tajribaga ega bo‘lgan, Investisiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklarida, tijorat banklari, iqtisodiy va investisiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘’ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlagan rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda rahbar bo‘lib ishlagan nomzodlar qabul qilinadi. 4. Nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yo’nalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni inobatga olgan holda rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ham ishga qabul qilinishi mumkin. 5. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. 6. Hududlarda iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqish, investisiyalarni jalb etish va yuritish siyosati, islohotlarni muvofiqlashtirish va boshqarish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodlar. Chet tilini bilishi (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki xorijiy mamlakatlarda oliy ta’limni bitirgan nomzodlar). 7. 2022 yil 8 avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi 788-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28 moddasida keltirilgan talablar.

LAVOZIMIY MAJBURIYATLARI

  • · O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish

ISH SHAROITLARI

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha

TASHKILOT TO‘G'RISIDA MA'LUMOT

Manzil

Buxoro viloyati, Kogon shahri

Elektron pochta

kogon_sh@inbox.uz

Telefon raqam

0-365-524-5949

Google xarita