#
Aktiv
#

Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho‘basi bosh mutaxassis (Huquqiy masalalarda ekspert maslaxatchi) / Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho‘basi bosh mutaxassis (Huquqiy masalalarda ekspert maslaxatchi)

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Taraqqiyot mahallas, A.Navoiy shoh ko‘chasi, 43-uy

7 546 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 07.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Shirin shahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
💰 Maosh 7 546 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy (Bakalavr)
🏷️ Yo'nalish / surcharge Huquq (420 000) barcha bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-02-26

📋 Talablar

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi). Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. Kamida mutaxassislik bo‘yicha 3 yillik mehnat tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Bunda nozmod huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishlagan bo‘lsa, 1 yillik mehnat tajribasi talab etiladi.

📌 Vazifalar

– aholiga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish hamda uni huquqni qo‘llash amaliyotida qo‘llay olish;
– o‘ziga yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondashish va doimiy ravishda malakasini oshirish;
– ishning professional axloqiy tamoyillarini qoʻllay olish koʻnikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa oʻrnatish koʻnikmalarini namoyish etish;
– jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, masʼuliyatli boʻlish.
- davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi;
- soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi
O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi.

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None