#
Aktiv
#

Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish shoʻbasi bosh mutaxassisi (psixologlar guruhi) / Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish shoʻbasi bosh mutaxassisi (psixologlar guruhi)

Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Ro'dakiy ko'chasi 174-uy.

6 500 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 22.04.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Paxtachi tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
💰 Maosh 6 500 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Quyidagi yo‘nalishlarda oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak: psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) 60310900 bo‘yicha bakalavr hamda psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha (70310901) magistratura yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek: ta’lim yo‘nalishi: pedagogika (60110100) shundan, pedagogika va psixologiya (faoliyat turi bo‘yicha) magistratura (70110102); ta’lim yo‘nalishi: davolash ishi (60910200) shundan, tibbiy psixologiya 70910216 yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
⏳ Ish tajribasi 2 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-04-18

📋 Talablar

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi).
Quyidagi yo‘nalishlarda oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak: psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) 60310900 bo‘yicha bakalavr hamda psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha (70310901) magistratura yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek:
ta’lim yo‘nalishi: pedagogika (60110100) shundan, pedagogika va psixologiya (faoliyat turi bo‘yicha) magistratura (70110102);
ta’lim yo‘nalishi: davolash ishi (60910200) shundan, tibbiy psixologiya 70910216 yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Kamida mutaxassislik bo‘yicha 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
– asosiy psixologik nazariyalar va diagnostika metodikalarni bilishi hamda konsultatsiya o‘tkazish qobiliyati;
– turli psixologik muammolar bilan ishlash ko‘nikmasi va guruhlarda odamlar bilan ishlash qobiliyati;
– o‘ziga yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondashish va doimiy ravishda malakasini oshirish;
– psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya tadbirlarini professional axloqiy tamoyillarini qo‘llay olish ko‘nikmalari, muomala madaniyati, psixologik xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan ishlash va aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini namoyish etish;
– jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, masʼuliyatli bo‘lish.
Kompyuterda isglash ko'nikmasi mavjud bo'lishi.
Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi.
- davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi;
- soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi.

📌 Vazifalar

O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None