#
Aktiv
#

Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho‘basi bosh mutaxassisi (supervayzer) / Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho‘basi bosh mutaxassisi (supervayzer)

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Bektemir tumani, Bektemir shox ko‘chasi, 44 uy

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 13.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Ohangaron tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge
⏳ Ish tajribasi 2 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-03-04

📋 Talablar

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi) Ijtimoiy ish, pedagogika, psixologiya, yuridik, ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy, moliyaviy yoʻnalishlar (ijtimoiy ish, pedagogika, psixologiya, yurisprudensiya, ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlariga ustuvorlik beriladi). Nomzod ijtimoiy xodimlar guruhida kamida 1 yil mehnat tajribasiga ega boʻlishi lozim. Ijtimoiy xodim sifatidagi faoliyati davomida “Ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligi boʻyicha KPI koʻrsatkichlari” yuqori bo‘lgan, ogʻir keyslarni muvafaqqiyatli yuritgan ijtimoiy xodimlar hamda o‘z ishiga yuqori darajada talabchan nomzodlar tavsiya etiladi. Auditoriya bilan ishlash koʻnikmasi (trenerlik koʻnikmasi), keys-menejment amaliyoti boʻyicha toʻliq ish yurita olish va E-case modulida ijtimoiy ishni yuritishni bilish. Ijtimoiy sohaga oid qabul qilingan normativ hujjatlarni bilishi, interviziyani oʻtkaza olish, oratorlik (notiqlik) koʻnikmasi va ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning ilgʻor nazariy bilimlarga ega boʻlish. Ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qoʻllay olish koʻnikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy ish xodimlari va ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa oʻrnatish koʻnikmalarini namoyish etish. Professional, ish etiketi va muomala madaniyatiga ega boʻlishi. Ruhiy salomatlik boʻyicha va inqirozli holatlarga oid maslahatlar berish hamda ijtimoiy-psixologik xizmatlar koʻrsatish koʻnikmalari. Shaxsning ruhiy holatidan xabardor boʻlish va kasbiy toliqishning (kasbiy kuyish sindromi) oldini olish koʻnikmalariga ega boʻlishi. Shaxslararo munosabatlarni tashkil etish koʻnikmalariga ega boʻlishi (turli yoshdagi va holatdagi shaxslar bilan). Murabbiylik qobiliyatlari, vaqtni samarali boshqarish koʻnikmasi (taym menejment), idoralararo hamkorlikni tashkil etish va yuritish hamda masʻuliyatli boʻlishi. Muloqot koʻnikmalarini bilish (eshitish, toʻgʻri savol berish, kuzatish). Maxfiylikka rioya qila olishi (ishga doir hujjat, fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini oshkor qilmaslik). Vaziyatni boshqarish, monitoring va tahlil qilish koʻnikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish dasturlarini muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini va qayta-koʻrib chiqish zaruriyatlarini kuzatish). Davlat xizmatlari, ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor boʻlishi. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi. Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; - jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi; - korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi; - soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi; - O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi. – o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar; – sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; – ruhiy asab kasalliklari va narkologiya dispanserida hisobda turgan shaxslar; – sudning qarori bilan muayyan muddatga qonunchilikda belgilangan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; – og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; – tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati bosh mutaxassisi (psixologlar guruhi) lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar.

📌 Vazifalar

O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None