#
Aktiv
#

Maktab hamshirasi / Maktab hamshirasi

MAXTUMQULI KO`CHASI 2/2

2 453 666 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 11.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Maktab hamshirasi
💰 Maosh 2 453 666 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #8
🏷️ Yo'nalish / surcharge Umumiy amaliyot hamshirasi
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2025-11-27

📋 Talablar

O‘rta maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Maktab hamshirasi quyidagilarni bilishi shart:
Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi va gigienasi asoslari;
Yoshga xos kasalliklarning oldini olish choralari;
Epidemiologiya va sanitariya-gigiena talablari;
Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari (o‘lchash, tekshirish, birinchi yordam ko‘rsatish va h.k.);
Vaksinatsiya turlari va emlash kalendarini;
Maktabda sanitar-gigienik nazoratni tashkil etish qoidalari;
Tibbiy hujjatlarni yuritish tartibi (jurnallar, shakllar, hisobotlar).
Ko‘nikma va amaliy malaka
Bolalarning sog‘lig‘ini kuzatish va profilaktik ko‘riklarni tashkil etish;
Qon bosimi, tana harorati, vazn, bo‘yni o‘lchash;
Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish (jarohat, isitish, tish og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i va h.k. holatlarda);
Emlash va profilaktik tadbirlarda qatnashish;
Sanitariya-gigienik nazoratni amalga oshirish (ovqatxona, sinfxonalar, hojatxonalar holati);
Virusli kasalliklar yoyilishida profilaktik ishlarni tashkil etish;
Ota-onalar va o‘qituvchilar bilan sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazish.
Mas’uliyat va vazifalar
O‘quvchilarning tibbiy kartalarini yuritish;
Davolash-profilaktika muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Maktabda tez tibbiy yordamni tashkil etish;
Epidemiya holatlarida tegishli xizmatlarga xabar berish;
Maktabda sog‘lom muhitni ta’minlash va nazorat qilish.
Hujjatlar va hisobotlar
O‘quvchilarning sog‘lig‘i haqida ma’lumotlar bazasi;
Emlash va profilaktika ishlari bo‘yicha jurnallar;
Kundalik tibbiy kuzatuv yozuvlari;
Har oylik va yillik tibbiy hisobotlar.

📌 Vazifalar

Lavozim yo`riqnomasiga asosan

🕐 Ish sharoitlari

Grafik asosida

Google xarita

None