#
Aktiv
#

Markaziy zararsizlantirish bo'limi hamshirasi / Markaziy zararsizlantirish bo'limi hamshirasi

2 821 715 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 08.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Марказлашган стрелизация бўлими
💰 Maosh 2 821 715 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Ko'rsatilmagan
🏷️ Yo'nalish / surcharge 99/637-93-33 O'rta maxsus tibbiy ma'lumotga ega, “hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan, bug‘li va havo sterilizatorlarida ishlashga o‘qigan mutaxassis
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2025-07-31

📋 Talablar

99/637-93-33 Oliy tibbiy ma'lumotga ega, “hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan, bug‘li va havo sterilizatorlarida ishlashga o‘qigan mutaxassis tayinlanadi.

📌 Vazifalar

1.Tibbiy asboblarga sterilizatsiyadan oldin ishlov berish va sterilizatsiyalash bo‘yicha texnologik jarayoning barcha ishlab chiqarish operatsiyalarini bilish.
2. Ishlatilgan tibbiy asboblar sterilizatsiyaga topshirilganda asboblar butligini tekshirish va ularning nosozlarini ajratish va ishlov berish oqimlari bo‘yicha taqsimlash.
3. Amaldagi yo‘riqnomalarga muvofiq tibbiy asboblarning sterilizatsiyadan oldingi ishlovini amalga oshirish.
4. Tibbiy asboblarning har bir partiyasida sterilizatsiyadan oldin o‘tkazilgan ishlovlar sifatini, shuningdek yuvish vositalarining qoldiqlari miqdorini aniqlash maqsadida amidopirin va azopiram, fenolftalein sinamalarini o‘tkazish orqali nazorat qilish.
5. Sterilizatsiyadan oldin ishlov yakunlanib, nazorat o‘tkazilgan, asboblar to‘plami bilan boshqa buyumlarni ham butlash, ularni qadoqlash va sterilizatsiyaga tayyorlashni amalga oshirish.
6. Asboblar to‘plamini qadoqlashdan avval hamshira har bir to‘plamga sterilizatsiya test-indikatorini solishi lozim.
7. Sterilizatsiya o‘tkazilishida yo‘riqnoma asosida bug‘li, havo sterilizatorlarida ishlash tartibi va talablariga qat’iy rioya qilish shart.
8. Sterilizatsiya uskunalarining optimal yuklanilishini ta’minlash, yuklanish qoidalariga roya etish.
9. Steril zonada ishlash vaqtida sterilizatsiyalangan asboblarni olish qoidalariga va aseptika talablariga qat’iy rioya etish.
10. Sterillangan asboblarni tarqatish vaqtida ularning sterilligini saqlash talablari bajarilishi ta’minlash.
11. Mehnat himoyasi va texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi, sanitariya-epidemiyaga qarshi tartib va muassasaning ichki tartib qoidalari talablarini bajarish.
12. Tibbiy hujjatlarni o‘z vaqtida, savodli va to‘g‘ri olib borish.
13. O‘z kasbiy darajasini oshirib borish.
14.Poliklinika ichki tartib qoidolariga rioya qilish. 15. Lavozim yo'riqnomasi bandlariga to'liq rioya qilib ularni o'z vaqtida va sifatli bajarish.

🕐 Ish sharoitlari

jadval asosida

Google xarita

None