#
Aktiv
#

Matbuot kotibi / Matbuot kotibi

Andijon shahar, Cho'lponshoh ko'chasi, 187-uy

4 085 431 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 08.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agnetligi Andijon viloyat boshqarmasi
💰 Maosh 4 085 431 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #19
🏷️ Yo'nalish / surcharge
⏳ Ish tajribasi 1 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-04

📋 Talablar

Bakalavr darajasidagi oliy maʼlumotga (jurnalistika, gumanitar, iqtisod, filologiya sohasida) ega bo‘lishi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
kamida 1 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi;
davlat tilini bilishi (Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi);
odob-axloq normalariga rioya etadigan;
O‘zbek adabiy tili qoidalari va imlosini mukammal bilish, nutq madaniyatiga ega bo‘lish, tahliliy materiallar va rasmiy bayonotlarni savodli tuza olish, OAV, axborot erkinligi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shuningdek, o‘zi faoliyat yuritayotgan tashkilotga oid qonun va qarorlarni chuqur bilishi;
Press-relizlar, maqolalar, tahliliy materiallar, tezkor munosabat va bayonotlar matnini professional darajada tayyorlash;
Ijtimoiy tarmoqlar (SMM), messenjerlar (ayniqsa Telegram) va tashkilot rasmiy veb-sayti bilan ishlash, target va kontent-menedjment asoslarini bilishi;
davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda ishdan bo‘shatilmagan bo‘lishi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.

📌 Vazifalar

mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;
Agentlik Nizomi va boshqa ichki idoraviy hujjatlari qoidalariga rioya qilish;
ish beruvchining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
ish tartibi, ichki mehnat intizomi, ushbu yo‘riqnoma va mehnatni muhofaza
qilish qoidalariga amal qilish;
jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
xizmat safariga chiqish;
ijro intizomiga rioya qilish;
Nizomda, lavozim yo‘riqnomasida o‘ziga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar
va majburiyatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, o‘ziga berilgan
vakolatlar va huquqlardan qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanilishi,
shuningdek Agentlikning ichki me’yoriy hujjatlari talablari, qarorlari, buyruqlari,
rahbariyat ko‘rsatmalari va topshiriqlarini to‘g‘ri va aniq bajarilishini ta’minlash;
vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish bo‘yicha qaror qabul qiladi,
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bo‘yicha shaxsan javobgarlikni
o‘z zimmasiga olish;
soha bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini
bilish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, internet, hisoblash
texnikasidan foydalanishni va maxsus kompyuter dasturlari bilan ishlash
qoidalarini, axborot xavfsizligi siyosatini, ichki mehnat tartibi qoidalarini,
mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi himoya
qoidalari va me’yorlarini bilish.

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None