Mudiri-boshqarma boshlig`i o`rinbosari / Mudiri-boshqarma boshlig`i o`rinbosari
Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги Андижон вилояти бошқармаси
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Ijtimoiy xizmatlar ko`rsatilishini monitoring qilish sho‘basi |
| 💰 Maosh | 7 000 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Ijtimoiy ish, psixologiya, yuridik, ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiy va moliyaviy yo‘nalishlar (ijtimoiy ish, psixologiya, yurisprudensiya, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlariga ustuvorlik beriladi). |
| ⏳ Ish tajribasi | 5 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Ha (ichki) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | ✅ Talab etiladi |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka, Davlat boshqaruv akademiyasi 2 yillik magistraturasini tamomlagan xodimlarga ustuvorlik beriladi).
Ijtimoiy ish sohalarda, davlat boshqaruv organlari tizimida yoki o‘zini o‘zi boshqarish organlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lishi (shundan 3 yil boshqaruv lavozimlarida, 1 yil Agentlik tizim tashkilotlarida).
- ijtimoiy ish va ijtimoiy ish metodologiyasini bilish;
- ijtimoiy xodim, bosh ijtimoiy xodim, supervayzerlarni rotatsiya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- joylarda ijtimoiy xodim, bosh ijtimoiy xodim, supervayzer, psixolog va huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert maslahatchilarning faoliyatini tashkil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- ijtimoiy xodimning asosiy vazifasi va funksiyasini bilishi;
- “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan xabardor bo‘lishi;
- bosh ijtimoiy xodim, supervayzer, psixolog va huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert maslahatchilarning faoliyatidan xabardor bo‘lishi;
-tahliliy materiallar hamda jadvallar bilan ishlashni bilish;
- ijtimoiy ish sohasida normativ-huquqiy hujjat loyihalarni ishlab chiqish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro aloqalarga oid zarur bilim va malakaga ega bo‘lishi;
- ijtimoiy xodim, bosh ijtimoiy xodim, supervayzer, psixolog va huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert maslahatchi faoliyatini metodik ta’minlash usullarini bilish.
Davlat xizmatlari, ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida ish tashkil etishi, talabchan va tashabbuskor bo‘lishi.
Ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ilg‘or nazariy bilimlarga ega bo‘lish. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda amaliyot standartlari va zamonaviy yondashuvlarni bilish.
Xorijiy, xususan rus, ingliz yoki boshqa kamida bitta chet tilini mukammal darajada bilishi (milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi)
📌 Vazifalar
Lavozim majburiyatlarini bajarish;
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba-Juma 09:00 dan 18:00 gacha Shanba-Yakshanba dam olish kuni