Muzrabot tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari / Muzrabot tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
Ўзбекистон Республикаси, Сурхондарё вилояти, Музработ тумани, "Шаффоф" маҳалласи, Онадиёр кўчаси, 1-уй, Музработ тумани ҳокимлиги
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi |
| 💰 Maosh | 6 000 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida mutaxassis bo‘lishi lozim. |
| ⏳ Ish tajribasi | 2 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga oliy ma’lumotga ega, iqtisodiyot, moliya, yurisprudensiya, iqtisodiy soha bo‘yicha kamida ikki yillik boshqaruv va mehnat stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayinlanishi mumkin. Talabgorlarning malaka talablari, bilim va ko‘nikmalari teng bo‘lgan taqdirda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
📌 Vazifalar
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
O‘z lavozim majburiyatlarini talab darajasida va sifatli bajarish;
Vazirlik va bosh boshqarma rahbariyatining topshiriqlarini belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish;
O‘z lavozimiga ko‘ra biriktirilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini bilish va o‘zlashtirish; davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Bo‘limning ichki mehnat tartibi Qoidalariga rioya qilish; bo‘lim xodimlariga ish yuzasidan nazariy va amaliy yordam berish;
Bo‘limga murojaat qilgan band bo‘lmaganlar, ish beruvchilar va boshqa fuqarolarga xushmuomalalik bilan muloqotda bo‘lish, ularning so‘rov va talablarini asossiz rad etishga yo‘l qo‘ymaslik;
Korrupsiya ko‘rinishlariga qarshilik qilish, ayrim shaxslarning davlat manfaatlariga ziyon yetkazadigan manfaatlarini qo‘llab- quvvatlanishiga imkon bermaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilimlari darajasini oshirib borish choralarini ko‘rish;
🕐 Ish sharoitlari
Dushanbadan-Jumagacha 9-00 dan 18-00 gacha