Navoiy mahallasida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim / Navoiy mahallasida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim
Peshku tumani Yangibozor MFY Amir Temur ko'chasi 5-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Peshku tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi |
| 💰 Maosh | 5 084 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | ijtimoiy ish va psixologiya yo‘nalishida ta’lim olgan, shuningdek, oliy ma’lumot ega bo‘lib xalqaro tashkilotlar tomonidan ijtimoiy ish bo‘yicha tashkil etilgan treninglardan o‘tgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan shaxslarga oliy (bakalavr) ma’lumotli nomzodlarga nisbatan; magistr, falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ilmiy daraja yoki dotsent, professor ilmiy unvoniga ega shaxslarga oliy (bakalavr) ma’lumotli va o‘rta-maxsus ma’lumotli nomzodlarga nisbatan ustuvorlik beriladi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-01 |
📋 Talablar
Ma’lumot Oliy (bakalavr) ma’lumotga ega bo‘lishi lozim, bundan ijtimoiy ish, tibbiy-ijtimoiy ish (tibbiy-ijtimoiy xodim (40920102)), ijtimoiy muhofaza (pensiya jamg‘armasi inspektori, ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish inspektori) (40410701), davlat-huquqiy faoliyat (50420101), yuridik xizmat (50420102), sud-huquqiy faoliyat (50420103) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga ega nomzodlar, mustasno. Bunda: oliy (bakalavr) ma’lumotli shaxslar o‘rta-maxsus ma’lumotga ega nomzodlarga nisbatan; ijtimoiy ish va psixologiya yo‘nalishida ta’lim olgan, shuningdek, oliy ma’lumot ega bo‘lib xalqaro tashkilotlar tomonidan ijtimoiy ish bo‘yicha tashkil etilgan treninglardan o‘tgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan shaxslarga oliy (bakalavr) ma’lumotli nomzodlarga nisbatan; magistr, falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ilmiy daraja yoki dotsent, professor ilmiy unvoniga ega shaxslarga oliy (bakalavr) ma’lumotli va o‘rta-maxsus ma’lumotli nomzodlarga nisbatan ustuvorlik beriladi. Mutaxassislik Quyidagi yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak: a) ta’lim (110 000) barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, bundan jismoniy madaniyat (60112200, 70112201), texnologik ta’lim (60112300, 70112301), chaqiriqqacha harbiy ta’lim (60112000, 70112001) mustasno. b) gumanitar fanlar (tillardan tashqari) (220 000) barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari; s) tillar (230 000) barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari; d) ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar (310 000) barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari; e) jurnalistika va axborot (320 000) barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari; f) biznes va boshqaruv (410 000) barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari; g) huquq (420 000) barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari; h) sog‘liqni saqlash (910 000) barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari; i) ijtimoiy ta’minot (920 000) barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari; j) gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi (1020 000) yo‘nalishining hayot faoliyati xavfsizligi (61020100) kodidagi mutaxassislar; k) xavfsizlik xizmati (1030 000) yo‘nalishining xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash (psixolog) (61030200, 71030201) kodidagi mutaxassislar. Bunda, bilim va ta’lim sohalari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning nomi o‘zgarmagan holda kodlar o‘zgarishiga yo‘l qo‘yiladi. Shuningdek, ijtimoiy ish va psixologiya yo‘nalishida kasbiy qayta tayyorlovdan o‘tgan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Mehnat staji Kamida 1 yillik mehnat tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Bunda, ijtimoiy ish, davlat boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ijtimoiy sohalarga, shu jumladan og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oila (shaxslar) bilan ishlash ko‘nikmalari mavjud nomzodlarga ustuvorlik beriladi Ijtimoiy ish (60920100, 70920101), psixologiya (60310900, 60920100, 70110102, 70311002, 70910216, 70920101, 70310901), maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi (60110300) defektologiya (60112700, 70110401), ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi (70311002), yo‘nalishining xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash (psixolog) (61030200, 71030201) yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan nomzodlardan 1 yillik mehnat staji, mazkur yo‘nalishlarda sirtqi ta’limda bitiruv kursi talabalaridan oliy (bakalavr) ma’lumot va 1 yillik mehnat staji talab etilmaydi. Bilishi lozim – aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish borasida qonunchilik hujjatlari, soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va uni hayotga tatbiq etish usullarini bilishi, yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondashishi, doimiy ravishda malakasini oshirish; – ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish nazariy yondashuvlari bo‘yicha bazaviy bilimlarga ega bo‘lish; – ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qo‘llay olish ko‘nikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini namoyish etish; – shaxslararo munosabatlarni tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (turli yoshdagi va holatdagi shaxslar bilan), kuchli muloqot qobiliyatlari, empatiya, asosiy psixologiyani bilish, tashkilotchilik qobiliyati, stressni boshqarish qobiliyati; – jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, mas’uliyatli bo‘lish; – ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor bo‘lish; – vaziyatni boshqarish ko‘nikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarni muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-ko‘rib chiqish). Kompyuter savodxonligi Microsoft Officye dasturi (Word, Excyel, Powyer Point va h.k.), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi. Xorijiy tilni bilish darajasi Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. Qo‘shimcha talablar - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; - jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi; - korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi; - soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi; - O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi.
📌 Vazifalar
Lavozimga qabul qilish mumkin bo‘lmagan nomzodlar - o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar; - sud tomonidan muomalaga layoqasiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; - sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; - korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar; - og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; - tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar; - davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanbadan jumagacha 09:00 dan 18:00 gacha