#
Aktiv
#

Nevrolog shifokori / Nevrolog shifokori

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 01.05.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Умумий бўлим
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 0.5 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Nevrolog shifokori
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-04-07

📋 Talablar

1.Nevropatolog vrachi lavozimida faoliyat yuritgan xolda sog‘liqni saqlash tizimiga oid barcha qonun va me’yoriy hujjatlarga, SSV va Toshkent ShSSBB buyruq va ko‘rsatmalariga, tuman tibbiyot birlashma Nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomasi va boshqa lokal xujjatlarga to‘la rioya qilish va ulardagi talablari bekami-ko‘st bajarish;
2.Bemorlarni roziligisiz, bolalarni ota-onasi, vasiy va xomiysining roziligisiz zarur xujjatlarni rasmiylashtirmasdan tibbiy muolajalari o‘tkazmaslik, qon va qon preparatlari quymaslik, hamda sanitariya-gigiena va epidemiologik chora-tadbirlari o‘tkazmaslik;
3.Yosh bolalarni va chaqaloqlarni amaldagi qonun-qoida va tartibga zid ravishda asrab olish borasida maslahat bermaslik;
4.Yuqumli va OITS kasalliklarining oldini olish maqsadida buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan himoya vositalarini qo‘llanmasdan tibbiy muolajalarni bajarmaslik;
5.Vrachlik siri hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibga zid ravishda taqdim etmaslik;
6.Turli firmalarni dori mahsulotlarini bosh vrach ruxsatisiz ishlatmaslik va tarqatmaslik;
7.Odob-ahloq qoidalariga, kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilish;

📌 Vazifalar

1. Nevropatolog vrachi aholiga poliklinikada yuqori toifada nevrologik tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
2.Jarohat olgan, zaharlangan va og‘ir axvoldagi bemorlar murojaat etilganda turar joyidan kat’iy nazorat birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatadi.
3.Bemorlarni o‘z vaqtida klinik-diagnostik tekshiruvlaridan o‘tkazib, rejali ravishda tibbiy muolajalarini standart asosida belgilangan xolda amalga oshiradi.
4. Kerakli vaqtda bemorlarni bo‘lim mudiriga va poliklinikadagi uchastka vrachi, hamda boshqa tor doiradagi mutaxassislarga va boshqa tibbiy tashkilotlarga konsultatsiyaga yuboradi.
5.Bemorlarning ishga qobiliyatsizlik davrida mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi ochadi.
6.Axolini dispanserizatsiyasi bo‘yicha kompleks ishlarini tashkil etish ( dispanser bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni ro‘yxatga olish, tibbiy-oqartuv ishlarini o‘tkazish va o‘z vaqtida davolash) nozologik formaga binoan dispanser ro‘yxatni to‘g‘ri tashkil etish dispanser ruyxatga kiruvchilar ustidan nazoratini sifatli tashkil etish va tahlil qilish;
- Axolini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda faol qatnashish;
- Axoli o‘rtasida, maktab, bog‘cha va tashkilotlarda profilaktik ishlarini o‘tkazish;
- Doimiy ravishda aholi o‘rtasida tibbiy oqartuv ishlarini olib borish;
- Oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, inson salomatligi, ayniqsa ayollar va o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligini muxofaza qilish, sog‘lom turmush tarziga sanitariya va gigiena me’yorlariga amal qilish haqida axoli orasida targ‘ibot ishlari olib borish;
7.Vrachning ish vaqti bosh vrach tasdiqlangan jadval asosida tuziladi;
8.Vrach har 5 yilda o‘z tibbiy malaka saviyasini vrachlar malaka oshirish institutida oshirish va malaka toifasini oladi;

🕐 Ish sharoitlari

grafik asosida

Google xarita

None