#
Aktiv
#

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish shoʻbasi bosh mutaxassisi / Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish shoʻbasi bosh mutaxassisi

Xorazm viloyati, Urganch shahar, G‘.G‘ulom ko‘chasi, 1/4-uy

5 390 057 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 26.04.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Boshqaruv kadrlari
💰 Maosh 5 390 057 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Ta’lim (pedagogika va psixologiya), ijtimoiy soha (ijtimoiy ish, iqtisodiyot, menejment, sotsilogiya), huquqshunoslik, tibbiyot ta’lim yo‘nalishidagi mutaxassislikka ega bo‘lish. Mutaxassisligi to‘g‘ri kelmagan holatda tegishli ixtisoslik bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganlik talab qilinadi.
⏳ Ish tajribasi 2 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-04-22

📋 Talablar

Ma’lumot O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi)
Mutaxassislik Ta’lim (pedagogika va psixologiya), ijtimoiy soha (ijtimoiy ish, iqtisodiyot, menejment, sotsilogiya), huquqshunoslik, tibbiyot ta’lim yo‘nalishidagi mutaxassislikka ega bo‘lish.
Mutaxassisligi to‘g‘ri kelmagan holatda tegishli ixtisoslik bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganlik talab qilinadi.
Mehnat staji Kamida 2 yil umumiy ish staji (shundan Agentlik tizim tashkilotlarida 1 yil)
Bilishi lozim – Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi milliy va halqaro qonunchilik, ushbu sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmonlarini bilishi;
– psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya, “Gʻamxoʻrlik guruhi”ni va Kunduzgi parvarish xizmatining maqsadi va vazifalari toʻgʻrisida tushunchaga ega boʻlish;
– nogironligi bo‘lgan shaxs(bola)larning rivojlanishi ehtiyojlari, ularni reabilitatsiyasi to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;
– nogironligi bo‘lgan shaxs(bola)larni ijtimoiy himoya qilishga doir uslubiy materiallaridan xabardorligi;
– nogironligi bo‘lgan shaxs(bola)lar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va tashkil etish choralarini ko‘rish va amalga oshirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
– nogironligi bo‘lgan shaxs(bola)lar va ularning qonuniy vakillari bilan muloqot qilish, shu jumladan tinglay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
– jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, mas’uliyatli bo‘lish;
– ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor bo‘lish;
– vaziyatni boshqarish ko‘nikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarni muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-ko‘rib chiqish);
o‘zgaruvchan tizimda ishlash, doimiy kasbiy mahoratini oshirib borishga, o‘zini ustidan ishlashga tayyorlik.
Kompyuter savodxonligi Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi.
Xorijiy tilni bilish darajasi xorijiy, xususan rus, ingliz yoki boshqa kamida bitta chet tillarini yetarlicha bilishi (milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi)
Qo‘shimcha talablar - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi;
- soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi
O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi.
Lavozimga qabul qilish mumkin bo‘lmagan nomzodlar - o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
- sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
- korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
- og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
- tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar;
- davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar.

📌 Vazifalar

O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish.

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha

Google xarita

None