#
Aktiv
#

Norin tumani “Yuqori Cho’ja” mahalla fuqarolar yig‘inida Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi / Norin tumani “Yuqori Cho’ja” mahalla fuqarolar yig‘inida Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi

6 500 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 07.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Norin tumani mahalla fuqarolar yig‘inida Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari
💰 Maosh 6 500 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-03

📋 Talablar

Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lishi lozim.
- Tadbirkorlik faoliyatida (ta’sischi yoki mazkur tadbirkorlik faoliyatini boshqargan) yuqori natijalarga erishgan, intiluvchan, qobiliyatli, sohada 2 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkorlar, faol yoshlar, istisno tariqasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.
- Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklarida, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlagan rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda rahbar bo‘lib ishlagan nomzodlar qabul qilinadi.
- Nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yo‘nalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni inobatga olgan holda rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar ham ishga qabul qilinishi mumkin.
- Hududlarda iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqish, investitsiyalarni jalb etish va yuritish siyosati, islohotlarni muvofiqlashtirish va boshqarish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodlar.
Nomzodlarni baholashda quyidagilarga afzalliklar beriladi:
- Chet tilini bilishi (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki xorijiy mamlakatlarda oliy ta’limni bitirgan nomzodlar). Mazkur lavozimga Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan bo‘lishi;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilish (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda oliy ta’limni bitirgan nomzodlar ijobiy baholanadi);
- Mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglay olishi;
- Nomzodning O‘zbekiston Respublikasi Yagona milliy mehnat tizimida (YaMMT IDAK) ma’lumotlari to‘liq bo‘lishi shart.

📌 Vazifalar

2022-yil 8-avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 788-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasida keltirilgan talablar hamda mahalladagi lavozim majburiyatlari

🕐 Ish sharoitlari

5 kunlik ish rejimida

Google xarita

None