oila xamshirasi / oila xamshirasi
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Умумий амалиёт хамшираси |
| 💰 Maosh | 2 453 666 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #8 |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | hamshiralik ishi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-02-28 |
📋 Talablar
1. Patronaj xamshirasi o‘ziga biriktirilgan xududdagi aholiga uyida va poliklinikada yuqori toifadagi tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
2.Axoliga shifokor ko‘rigigacha bo‘lgan tibbiy sanitar yordami ko‘rsatish;
3.Bolalar va homilador ayollar xolidan xabar olishni tashkil etish;
4.Xoimlador ayollarga, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan oila a’zolari sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilish;
5.Yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olishga va kamaytirishga qaratilgan sanitariya-gigienik tadbirlarni o‘tkazish;
6.Bolalar va onalar o‘rtasida o‘lim xolatlarini kamaytirish choralarini ko‘rish;
7.Davolash va tashhis qo‘yishga yo‘naltirilgan muolajalarni poliklinika va uy sharoitida bajarish;
8.Ish o‘rni, tibbiy asbob-uskunlarni, ambulator kartalarni, retsept blankalarini, laborator taxlillarini qabulga tayyorlash;
9.Bemorlarni qon bosimi, xaroratlarini o‘lchash, tibbiy muolajalarni bajarish, stat.talonlarni, shoshilinch xabarnoma varaqalarini, davolash-diagnostika yo‘llanmalarini to‘lg‘azish;
10.Flyurografiya natijalari va laboratoriya taxlillarini ambulator kartalariga o‘z vaqtida yopishtirish;
11.Dispanser nazoratidaga bemorlarni dispanserizatsiyaga taklif etish va dispanser nazorat kartasini to‘latish, uchastka bo‘yicha dispanserizatsiya materiallarini hisobot uchun tayyorlash;
12.Uchastka bo‘yicha axoli ro‘yxatini o‘tkazish, yoshlari bo‘yicha setkasini va uchastka pasportini tayyorlash;
13.Surunkali kasalliklarning oldini olish va sog‘lomlashtirish, OIV/OITS profilaktikasi, narkomaniya, chekish, ichkilikbozlik va baxtsiz xodisalarni oldini olishga qaratilgan sanitariya-targ‘ibot ishlarini olib borish;
14.Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar patronajini o‘tkazish;
15.Sil kasalligini erta aniqlashda “DOTS” programmasi bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazish;
16.Homilador ayollarga tug‘ruqgacha va tuqqandan so‘ng chaqaloqni parvarishlash bo‘yicha, yosh onalarga oilani rejalashtirish to‘g‘risida va bola tarbiyasi to‘g‘risida maslahatlar berish;
17.Profilaktik emlash ishlarini reja asosida bajarish;
18.Homiladorlarni erta aniqlash va ularni shifokorga erta yo‘llash;
19. Oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, inson salomatligi, ayniqsa ayollar va o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligini muxofaza qilish, sog‘lom turmush tarziga sanitariya va gigiena me’yorlariga amal qilish haqida axoli orasida targ‘ibot ishlari olib borish;
20. Patronaj xamshirasining ish vaqti bosh vrach tasdiqlangan jadval asosida tuziladi ( bunda poliklinikadagi va bemorlarning uyidagi qabul ko‘zda tutiladi);
21. Patronaj xamshirasi o‘z tibbiy malaka bilim-saviyasini doimo oshirishi va toifa olishi;
XUQUQLARI:
1.Ish joyida o‘z xuquqni, ish sharoiti yaratib berishni, kerakli tibbiy anjomlarni talab qilish;
2.Bir yilda bir marta mehnat ta’tilini olish;
3.Kasb soxasi bo‘yicha muammolarni ochiq aytish;
📌 Vazifalar
1. Patronaj xamshirasi lavozimida faoliyat yuritgan xolda sog‘liqni saqlash tizimiga oid barcha qonun va me’yoriy hujjatlarga, SSV va Toshkent ShSSBB buyruq va ko‘rsatmalariga, tuman tibbiyot birlashma Nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomasi va boshqa lokal xujjatlarga to‘la rioya qilish va ulardagi talablari bekami-ko‘st bajarish;
2.Bemorlarni roziligisiz, bolalarni ota-onasi, vasiy va xomiysining roziligisiz zarur xujjatlarni rasmiylashtirmasdan tibbiy muolajalari o‘tkazmaslik, qon va qon preparatlari quymaslik, hamda sanitariya-gigiena va epidemiologik chora-tadbirlari o‘tkazmaslik;
3.Yosh bolalarni va chaqaloqlarni amaldagi qonun-qoida va tartibga zid ravishda asrab olish borasida maslahat bermaslik;
4.Yuqumli va OITS kasalliklarining oldini olish maqsadida buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan himoya vositalarini qo‘llanmasdan tibbiy muolajalarni bajarmaslik;
5.Sir hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibga zid ravishda taqdim etmaslik;
6.Turli firmalarni dori mahsulotlarini bosh vrach ruxsatisiz ishlatmaslik va tarqatmaslik;
7.Tashqi ko‘rinishga axamiyat berish, doimo xamshiraning ish formasida yurish;
8.Axoli va bemorlarning yoshi, millati, kasbi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar doimo xushmuomala bo‘lish; etika-deontologiyaga rioya qilish va subordinatsiya saqlash;
9. Sanitariya-gigiena va aseptika-antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish;
10.Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish;
11.Odob-ahloq qoidalariga, kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilish;
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida