Oilaviy şifokor / Oilaviy şifokor
Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani Yangişaxar maxallasi Ibn Sino qöçasi 2-uy
Iş haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da köriş va ariza topşiriş
| 🏢 Taşkilot tuzilmasi | 34-ҚОП |
| 💰 Maoş | 3 591 704 söm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yönaliş / surcharge | Mutaxassisligi Oliy (bakalavr yoki magistir) |
| ⏳ Iş tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Içki konkurs | Yöq (taşqi) |
| ♿ Nogironlar uçun | Yöq |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yöq |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-19 |
📋 Talablar
Ma’lumoti: Oliy tibbiy ma’lumotga ega bölişi.
Mutaxassisligi: “Davolaş işi” yoki belgilangan tartibda oilaviy şifokor faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi tegişli tibbiy mutaxassislik böyiça diplomga ega bölişi.
Kasbiy tayyorgarligi: Amaldagi qonunçilik talablariga muvofiq tegişli mutaxassislik böyiça zarur tayyorgarlikdan ötgan bölişi.
Kasbiy bilimlari: Içki kasalliklar, bolalar kasalliklari, profilaktika, diagnostika, davolaş va şoşilinç tibbiy yordam körsatiş asoslarini bilişi.
Amaliy könikmalari: Bemorlarni körikdan ötkaziş, dastlabki taşxis qöyiş, tekşiruvlarni belgilaş va davolaş çoralarini amalga oşiriş könikmalariga ega bölişi.
Tibbiy hujjatlar bilan işlaş: Ambulator kartalar, elektron tibbiy hujjatlar va tibbiy hisobotlarni yuritiş könikmalariga ega bölişi.
Kompyuter savodxonligi: Kompyuter va tegişli elektron tibbiy axborot tizimlaridan foydalana olişi.
Şaxsiy fazilatlari: Mas’uliyatlilik, xuşmuomalalik, muloqot madaniyati, jamoada işlaş va kasbiy etikaga rioya qiliş qobiliyatiga ega bölişi.
Qöşimça talablar: Tibbiy faoliyat uçun qonunçilikda belgilangan tegişli malaka va ruxsat talablariga javob berişi.
📌 Vazifalar
Aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini körsatiş, bemorlarni qabul qiliş, ularning şikoyatlari va kasallik tarixini örganiş.
Bemorlarning soğliği holatini baholaş, dastlabki taşxis qöyiş hamda belgilangan tartibda zarur tekşiruvlarni tayinlaş.
Amaldagi klinik protokollar va standartlarga muvofiq davolaş hamda profilaktika çoralarini amalga oşiriş.
Bemorlarni laboratoriya va instrumental tekşiruvlarga yönaltiriş, tekşiruv natijalarini tahlil qiliş
Zarur hollarda bemorlarni tor doiradagi mutaxassislarga maslahat va qöşimça tekşiruv uçun yuboriş.
Şoşilinç tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga öz vakolati doirasida tezkor tibbiy yordam körsatiş va tegişli muassasaga yönaltiriş.
Aholi örtasida kasalliklarning oldini oliş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va sanitariya-ma’rifiy işlarni olib boriş.
Dispanser nazoratiga olinişi lozim bölgan bemorlarni aniqlaş, ularni belgilangan tartibda nazorat qiliş va muntazam körikdan ötkaziş.
Homilador ayollar, bolalar, keksalar hamda surunkali kasalligi mavjud bemorlarga belgilangan tartibda tibbiy kuzatuv olib boriş.
Profilaktik emlaşlar va skrining tadbirlarini taşkil etişda iştirok etiş hamda tegişli tibbiy körsatmalarni bajariş.
Vaqtinça mehnatga layoqatsizlik holatlarini belgilangan tartibda baholaş va tegişli tibbiy hujjatlarni rasmiylaştiriş.
Bemorlarning ambulator tibbiy kartalari, elektron tibbiy hujjatlari va boşqa tibbiy hisobotlarini öz vaqtida hamda töğri yuritiş.
Kasalliklar, ularning asoratlari va xavf omillarini erta aniqlaş, zarur profilaktik va soğlomlaştiriş çoralarini köriş.
Patronaj hamşiralari va boşqa tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda biriktirilgan aholiga tibbiy xizmat körsatiş işlarini muvofiqlaştiriş.
Tibbiy yordam körsatişda tibbiy sirni saqlaş, tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qiliş.
Dori vositalarini tayinlaşda amaldagi talablar, klinik körsatmalar va bemorning holatini inobatga oliş.
Yuqumli kasalliklarga şubha tuğilganda belgilangan tartibda tegişli çoralarni köriş va mas’ul taşkilotlarga xabar beriş.
Mehnatni muhofaza qiliş, sanitariya-epidemiologik xavfsizlik va içki mehnat tartibi qoidalariga rioya qiliş.
Öz malakasini muntazam oşirib boriş, tibbiyot sohasidagi yangi usullar va amaldagi klinik tavsiyalarni örganiş
Tibbiyot birlaşmasi rahbariyati tomonidan lavozim vakolati doirasida yuklatilgan boşqa vazifalarni bajariş.
🕐 Iş şaroitlari
Iş kunlari: duşanba, seşanba, çorşanba, payşanba, juma. • Dam oliş kunlari: şanba, yakşanba. • Iş vaqti: 08:00 dan 16:00 gaça