#
Aktiv
#

Oilaviy shifokor bo'lim bo'shlig'i / Oilaviy shifokor bo'lim bo'shlig'i

3 591 704 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 04.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Тиббий бўлимлар
💰 Maosh 3 591 704 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge 99/637-93-33 Oliy tibbiy ma'lumotga ega, Pediatriya ishi,oilaviy shifokor ishi,umumiy amaliyot shifokorlik ishi yo'nalishini tamomlagan mutaxassis
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-02-18

📋 Talablar


99/637-93-33 Oliy tibbiy ma'lumotga ega, Pediatriya ishi,oilaviy shifokor ishi,umumiy amaliyot shifokorlik ishi yo'nalishini tamomlagan mutaxassis

📌 Vazifalar

1. Bo‘lim xodimlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish.
2. Aholini oilaviy shifokorlar tomonidan xatlovdan o‘tkazish va salomatlik guruhlariga ajratilishini nazorat qilish.
3. Bo‘limda va xonadonlarda davolash-diagnostika hamda profilaktika ishlarini tashkil etish.
4. Aholi orasida o‘tkaziladigan skrining tekshiruvlarini o‘tkazishni maxallalar kesimida tashkillashtirish va nazoratini olib borish.
5. Bo‘lim shifokorlari tomonidan bemorlarni tashxislash va standartlar asosida davolash ishlarini nazorat qilish.
6. Shifokorlar hududlaridagi lozim bo‘lgan aholi tarkibini profilaktik emlashlar bilan qamrashi va buni rejalashtirishni nazorat qilish.
7. O‘smirlar va harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshdagilarni ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish sifatini nazorat qilish, yuqori tashkilotlarga hisobotlar tayyorlash.
8. Biriktirilgan aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash maqsadida profilaktika va maqsadli tibbiy ko‘riklarni, biriktirilgan aholi ichidan dekretlashtirilgan aholi tarkibining (bolalar o‘smirlar, tug‘ish yoshidagi ayollar, surunkali kassaligi borlar) dispanserizatsiyalarni tashkil etish va amalga oshirish.
9. Bo‘lim shifokorlari tomonidan vaqtinchalik ishga layoqatsizlikning ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish va amaldagi nizomga muvofiq xolda uning sifatini muntazam nazorat qilish.
10. Bo‘lim xodimlarining ish jadvalini tuzish.
11. Bo‘lim faoliyati amaliyotiga tashxislash va davolash ishni tashkil etishning ilg‘or shakllarini joriy qilishni tashkillashtirish.
12. Shifoxonalarga yo‘llash orderi va ambulator kartasidan ko‘chirmalar to‘g‘ri hamda to‘liq to‘ldirilganligini nazorat etish bilan birga albatta bemorni shaxsan ko‘rikdan o‘tkazib, reja asosida shifoxonaga yotqizishni tashkil etish.
13. Dispanserlik hisobida turgan va dispanserlik nazoratiga yangi olingan bemorlarning sifatli va samarali dispanserizatsiyasini tashkil etish.
14. UAV hududidagi hayotining birinchi yilidagi go‘daklarni va dispanser guruhidagi bolalarni kuzatish bo‘yicha shifokorning ishini nazorat qilish.
15. Bo‘lim shifokorlari tomonidan davlat sanitariya epidemiya nazorati hududiy markaziga va ular tomonidan davlat sanitariya epidemiya nazorati hududiy markaziga o‘z vaqtida xabarnomalar yuborilishini tashkil etish.
16. Sanitariya-kurort davolanishiga bemorlarning to‘g‘ri tanlanishini va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ketayotgan shaxslarni nazorat qilish.
17. Shifokorlar va o‘rta tibbiy xodimlarning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
18. Shifokorlar va o‘rta tibbiy xodimlar tomonidan tibbiy hisob va hisobot hujjatlarining to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida to‘ldirilishini nazorat qilish.
19. O‘tkazilgan tekshiruvlar va xar bir xodim faoliyatining ko‘rsatkichlari tahliliga asoslanib, bo‘limda shifokorlar va o‘rta tibbiy xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish.
20. Bo‘lim rejasini va qilingan ishlar hisobotini tayyorlash.

🕐 Ish sharoitlari

grafik asosida

Google xarita

None