#
Top
#

Qorako‘l tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim / Qorako`l tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`lim boshlig`i

Qorakoʼl tumani Chekirchi mfy Baynalminal koʼchasi

Kelishilgan holda / Oylik
Tugash sanasi: Mavjud emas

Ish haqida:

MALAKAVIY TALABLAR

Veterinariya mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega (Veterinariya vrachi) Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini yuritgan; veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida hududiy dasturlarni bajarilishi monitoringini olib borish; yuridik va jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limlar va idoraviy mansub tashkilotlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish; tuman (shahar) bo‘limlar va idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik taʼminotini tashkil etish; jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etish, sohada kamida 3 yillik epizootik tadbirlarda rejalashtirish va boshqarish faoliyatini yuritgan, shundan kamida 2 yil epizootolog lavozimida ishlagan, rus va ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi, Kompyuterdagi dasturiy majmualar Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida erkin ishlashi, sohga oid Hukumat qaror loyihalarini ishlab chiqish.

LAVOZIMIY MAJBURIYATLARI

     O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish

ISH SHAROITLARI

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha. Oylik ish haqiga qo‘shimchalar, VMning 2017-yil 04-dekabrdagi 963-son qarori 2-bob 5-bandiga asosan – 12%, Boshqaruv xodimiligi uchun Oylik ish haqining 40%, 10 % ustama haqqi (shaxsiy ustama): Ko‘p yillik xizmati uchun qo‘shimcha to‘lov ;( mehnat davrlariga qarab 3 yildan 5 yilgacha — 5 foiz, 5 yildan 10 yilgacha — 10 foiz, 10 yildan 15 yilgacha — 15 foiz, 15 yildan 20 yilgacha — 20 foiz, 20 yildan 25 yilgacha — 25 foiz, 25 yildan ortiq — 30 foiz, oziq-ovqat uchun – ( 162 000 ) sum, yo‘l kira uchun - ( 1620000 ) sum, tuman koeffitsiyenti.

MUROJAAT UCHUN: +998655653580qorakulvetgov@umail.uz

Google xarita