"Qo'rg'oncha "MFY Yoshlar yetakchisi / "Qo'rg'oncha "MFY Yoshlar yetakchisi
Farg'ona viloyati yozyovon tumani Mustaqillik ko'chasi 31-uy "Yoshlar ishlari agentligi Yozyovon tumani bo'limi"
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | MFY yoshlar yetakchilari |
| 💰 Maosh | 5 775 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Mutaxassisligi talab etilmaydi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-02 |
📋 Talablar
Oliy ma’lumotli;
Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zomonaviy axborot texnalogiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
35 (o‘ttiz besh) yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi bo‘lishi;
Davlat tilini bilishi lozim;
Yetakchi lovozimiga nomzodlarni tanlashda muddatli xarbiy xizmatni o‘tagan, mahalla hududida istiqomat qiladigan, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarga shaxsiy fazilati, fidoyiligi, sadoqati va vatanparvarligi bilan namuna ko‘rsatgan holda o‘z ortidan ergashtira oladigan nomzodlarga afzalliklar beriladi.
📌 Vazifalar
"Yoshlar balansi"ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish; mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish; yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish; yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash; huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha