#
Aktiv
#

Rishton tumani Yuqori Beshkapa va Pastki Beshkapa mahalla fuqarolari yig‘ini xotin-qizlar faoli / Rishton tumani Yuqori Beshkapa va Pastki Beshkapa mahalla fuqarolari yig‘ini xotin-qizlar faoli

Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, B.Roshidoniy ko’chasi, 14-uy

5 440 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 25.10.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Rishton tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi
💰 Maosh 5 440 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Mutaxassislik talab etilmaydi
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-10-21

📋 Talablar

1.Oliy ma’lumotga (istisno tariqasida o‘rta-maxsus) ega bo‘lishi kerak.Tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi; 2. Oilali bo‘lishi; 3. Kompyuterdagi dasturiy majmualar Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida erkin ishlashi va biriktirilgan planshetlarda, internet dasturlarida ishlay olishi; 4. Davlat rahbari tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlardan, xususan, xotin-qizlar yo‘nalishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi; 5. Fuqarolarni tinglash qobiliyatiga va muomala madaniyatiga ega bo‘lishi; Fuqarolarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qila olishi; O‘zbekiston Respublikasining ”Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-sonli Qonunining 28-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish shartlariga javob bermaydigan, Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar qabul qilinmaydi.O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2022 yil O‘RQ-788-sonli Qonuni,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2022 yil, PF-81-sonli farmoni, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 08.08.2025 yil 116-sonli buyrug‘i3- ilovasi 6. Fuqarolarga yordam ko‘rsatishda adolatlilik, halollik, xolislik tamoyiliga qat’iy amal qilishi va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi; 7. Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi; 8. Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi va sadoqatli bo‘lishi; Ichki ishlar organlari bilan birgalikda notinch, noqobil oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshira olishi; 9. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi qizlarning tarbiyasi va ularning ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, oilaviy hayotga tayyorlash tadbirlarini ta’sirchan usullarda tashkil eta olishi; 10. Mahalla hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish yo‘l-yo‘riqlarini bilishi va ularni o‘z atrofiga jipslashtira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi va kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak. Rus va ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi.

📌 Vazifalar

Nizomiy funksiyalarini o‘z vaqtida bajarish

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None