#
Aktiv
#

shifokor-terapevt / shifokor-terapevt

Ташкент, Яшнободский район, махаллинский сход граждан Бирлашган

3 700 911 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 09.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Терапия булими
💰 Maosh 3 700 911 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #10
🏷️ Yo'nalish / surcharge shifokor-terapevt
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-01-29

📋 Talablar

- Tibbiyot Oliy o‘quv yurtining “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi.
- “Ichki kasalliklar” (terapevtik yo‘nalish) bo‘yicha klinik ordinatura yoki magistratura tugatgan bo‘lishi.
- Mutaxassislik bo‘yicha davlat attestatsiyasidan o‘tgan va amaliyot olib borish uchun ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lishi.
- Ichki a’zolar kasalliklari (nafas olish, yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish, buyrak, jigar, qon va endokrin tizim) bo‘yicha klinik bilimlarga ega bo‘lishi.
- Laborator va instrumental diagnostika usullarini bilish va ularni amaliyotda qo‘llay olish.
- Davolash-reabilitatsiya uslublarini, dori vositalarining farmakodinamikasi va farmakokinetikasini chuqur bilish.
- Shoshilinch tibbiy holatlarni aniqlash va ularga tezkor yordam ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish.
- Tibbiy etikaga, deontologiya tamoyillariga rioya qilish va bemor bilan muloyim muloqot qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
- Kompyuter savodxonligi, tibbiy axborot tizimlarida ishlay olish ko‘nikmasi.
- O‘z malakasini muntazam oshirib borish, yangi klinik protokollarni o‘zlashtirishga tayyor bo‘lish.

📌 Vazifalar

- Voyaga yetgan bemorlarni qabul qilish, ularning sog‘lig‘i holatini baholash, shikoyat va anamnez asosida tashxis qo‘yish.
- Ichki kasalliklarning klinik belgilarini aniqlash, laborator va instrumental tekshiruvlarga yo‘llash va ularning natijalari asosida davolash rejasini tuzish.
- Zarur hollarda bemorni tor doiradagi mutaxassislar (kardiolog, endokrinolog, gastroenterolog va boshqalar)ga yuborish.
- Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni muntazam kuzatib borish va profilaktik tavsiyalar berish.
- Shoshilinch holatlarda (yurak xuruji, insult, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va boshqalar) tez tibbiy yordam ko‘rsatish yoki reanimatsion choralarni amalga oshirish.
- Bemorning sog‘lig‘i bo‘yicha hujjatlarni yuritish (ambulator karta, shifoxonaga yo‘llanma, kasallik varaqasi va h.k.).
- Mehnatga layoqatlilikni baholash va tegishli rasmiy hujjatlarni to‘ldirish (kasallik varaqasi, ma’lumotnoma).
- Sog‘liqni saqlash tizimidagi me’yoriy hujjatlar, sanitariya-gigiyena qoidalari va klinik protokollarga amal qilish.
- Mehnat intizomi, tibbiy etikaga va maxfiylik tamoyillariga qat’iy rioya qilish.

🕐 Ish sharoitlari

navbatchilik (6 soat)

Google xarita

None