shoʻba boshligʻi – boshliq oʻrinbosari / shoʻba boshligʻi – boshliq oʻrinbosari
Сирдарё вилояти Сирдарё тумани, Баҳор маҳалласи, Иш билармонлар кўчаси 1 уй
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirishi sho‘basi |
| 💰 Maosh | 2 837 835 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Pedagogika, psixologiya, yurisprudensiya, moliya-iqtisod, menejment (ijtimoiy soha) hamda harbiy taʻlim yoʻnalishini tamomlagan va zaxiradagi (rezervdagi) ofitser unvoniga ega boʻlgan pedagoglar. |
| ⏳ Ish tajribasi | 4 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-01 |
📋 Talablar
OOliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi), Pedagogika, psixologiya, yurisprudensiya, moliya-iqtisod, menejment (ijtimoiy soha) hamda harbiy taʻlim yoʻnalishini tamomlagan va zaxiradagi (rezervdagi) ofitser unvoniga ega boʻlgan pedagoglar. Kamida 4 yil shundan, 1 yil davlat boshqaruvi organlari yoki taʼlim sohasi boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi, Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi, Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi, qonunchilikka muvofiq Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga cheklovlar mavjud emasligi, davlat tilini bilishi (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi) talab etiladi.
📌 Vazifalar
Boshliq o‘rinbosari quyidagilarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazirlikning hay’ati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda ko‘rsatmalariga, boshqarmaning hay’ati qarorlari, hududiy boshqarma boshlig‘i va bo‘lim boshlig‘ining buyruqlari va topshiriqlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida ijro etish;
umumiy o‘rta ta’lim siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli bo‘linmalari bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Mutasaddiligidagi tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni bajarish;
Bo‘limning yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun bo‘lim boshlig‘iga kiritish;
ish rejada belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;
Bo‘lim xodimlarining ijro-intizomiga rioya qilishini monitoring va nazorat qilish;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish Sho‘basining yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun bo‘lim boshlig‘iga kiritish;
ish rejada belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;
Sho‘ba faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Sho‘ba faoliyatiga oid muhim masalalar haqida bo‘lim boshlig‘iga muntazam ravishda axborot berish;
maktablar Sho‘basiga bevosita umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, sho‘ba xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda mazkur nizomga muvofiq yuklangan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
Sho‘ba xodimlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida tegishli topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
umumta’lim maktablari faoliyatini tashkil etilish, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.