Sho'ba boshlig'i / Sho'ba boshlig'i
Toshkent viloyati Nurafshon shahar Toshkent yo'li ko'chasi 90-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Xizmatlar sohasini rivojlantirish sho'basi |
| 💰 Maosh | 3 000 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Moliya yoki Iqtisod sohasi |
| ⏳ Ish tajribasi | 2 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-04 |
📋 Talablar
sho'ba boshligʻi lavozimiga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga ega hamda ushbu yoʻnalishlarda kamida 2 (ikki) yillik ish stajiga ega, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi.
sho'ba boshligʻi mehnat va ijro intizomiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, xizmat etikasiga, xavfsizlik, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati qoidalariga qatʼiy rioya etishi, xizmat sirlarini oshkor etmasligi, jamoadagi sogʻlom, ishchan muhitning barqarorligini taʼminlashi, jamiyatdagi va qonunchilikdagi oʻzgarish hamda yangiliklarni muntazam oʻrganib borishi, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borishi, oʻzaro tajriba almashgan holda, ish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borishi, xushmuomala boʻlishi shart.
biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi;
oʻrindoshlik boʻyicha ishlashi (ilmiy, oʻqituvchilik va ijodiy faoliyat bilan shugʻullanish bundan mustasno);
oʻz xizmat vazifalarini bajarganlik yoki bajarmaganlik uchun tadbirkorlik subyektlari va fuqarolardan mukofotlar yoki xizmatlarni qabul qilishi;
qarindoshlar, tanishlar va boshqa begona shaxslarning iltimosiga koʻra, qonun hujjatlariga rioya etmasligi;
📌 Vazifalar
Quyidagilar sho'ba boshligʻining asosiy vazifalari hisoblanadi:
sho'ba faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarning amalga oshirilishini tashkillashtirish, sho'ba xodimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishida ishtirok etish;
xizmatlar sohasini tarmoq (aloqa va axborotlashtirish, moliyaviy, transport, taʼlim va sogʻliqni sohasidagi xizmatlar) hamda hududlar kesimida rivojlanish parametrlarini ishlab chiqish;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini rivojlantirish hamda hududlarda IT sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, bunda, har bir mahalladan kamida 5 ta nafar yoshlarni yuqori daromadli IT sohasiga oʻqitish va yuqori daromadli ish bilan taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
aholiga qulaylik yaratish maqsadida oʻrta va yirik shahar va tumanlarda yangi avtobus yoʻnalishlari ochish hamda jamoat transportidan foydalanish ulushini oshirish;
ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarining bino va yer maydonlaridan samarali foydalanish orqali, ularda xizmatlar koʻrsatish loyihalarini tashkil etish, bunda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yangi turdagi taʼlim va tibbiyot xizmatlarini tashkil etish uchun auksion savdolarga chiqarish;
tuman(shahar)larda tun-u kun (24/7 rejimda) faoliyat yurituvchi savdo va koʻngilochar, turizm (gastronomik), sogʻlomlashtirish va alleya koʻchalarni tashkil etish loyihalarni amalga oshirish;
madaniyat va istirohat bogʻlari faoliyatini rivojlantirish orqali aholiga qulay va zamonaviy xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish;
xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish imkoniyati mavjud boʻlgan suv havzalari, daryolar, soylar, suv omborlari, kanal va koʻllar atrofida turizm va dam olish maskanlarini hamda savdo-servis obyektlarini tashkil etish;
🕐 Ish sharoitlari
9:00-18:00