#
Aktiv
#

Shu'ba boshlig'i / Shu'ba boshlig'i

Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Taraqqiyot” mahallasi Xondamir ko‘chasi 49-uy (Guliston Kasbiy ko‘nikmalar markazi)

4 020 733 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 16.05.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Tomorqa va dehqon xo‘jaliklari yerlaridan foydalanish shu‘basi
💰 Maosh 4 020 733 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge iqtisodiyot, moliya, bank ishi, soliq, qishloq xo‘jaligi
⏳ Ish tajribasi 2 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-05-12

📋 Talablar

Shu’ba boshlig‘i lavozimiga oliy ma’lumotli, iqtisodiyot, moliya, bank ishi, soliq, qishloq xo‘jaligi mutaxassisligiga ega bo‘lgan shaxslar ishlashi mumkin.

📌 Vazifalar

Shu‘ba boshlig'ining quyidagi majburiyatlarga ega:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Bandlik vazirligi buyruqlari va topshiriqlari, Hay’at yig‘ilishi qarorlari ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Prezident huzurida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarida belgilangan topshiriqlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarish hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi asosli ma’lumotlarni “ijro.gov.uz” tizimiga kiritish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
- o‘rnatilgan tartibda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashga qat’iy rioya qilish;
- biriktirilgan jihozlar va boshqa moddiy boyliklarni soz va but saqlash, shuningdek, biriktirilgan kompyuter texnikalaridan axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda faqat xizmat vazifalarini bajarish maqsadida foydalanish;
- mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish talablari, texnologiya intizomi, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari, mehnat intizomiga rioya qilish va belgilangan mehnat normalarini bajarish;
- oʻz lavozim majburiyatlarini talab darajasida va sifatli bajarish;
- boshqarmaga murojaat qilgan fuqarolarga xushmuomalalik bilan muomalada boʻlish, ularning soʻrov va talablarini asossiz rad etishga yoʻl qoʻymaslik;
- xizmat doirasida foydalaniladigan va ish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa cheklangan maʼlumotlarni oshkor qilinishiga yoxud undan gʻarazli va boshqa shaxsiy maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;
- boshqarma faoliyatiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar, axborotlarni konfidensialligini taʼminlash;
- lavozimiga koʻra biriktirilgan barcha yoʻnalishlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini bilish va oʻzlashtirish;
- aniqlangan Ijara yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarma boshlig‘iga xabar berish;
- Aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etishga doir hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi, asosliligi, xolisligi va to‘liqligini ta’minlash;
- ish beruvchi tomonidan ish zaruriyatidan kelib chiqib, yuboriladigan xizmat safarlariga borish;
- ijtimoiy tarmoqlarga vazirlik va uning tizimi sha’niga dog‘ tushiruvchi asossiz axborot (xabarlar, rasmlar, videolar, kommentariyalar va boshqa)larni joylashtirmaslik hamda bunday axborotlarni tarqatmaslik;
- korrupsiya koʻrinishlariga qarshilik qilish, ayrim shaxslarning davlat manfaatlariga ziyon yetkazadigan manfaatlarini qoʻllab-quvvatlanishiga imkon bermaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilimlari darajasini oshirib borish choralarini koʻrish;
- lavozimdan ozod etilgan hollarda ish yurituvida bo‘lgan hujjatlar va foydalanishdagi moddiy boyliklarning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida yangidan tayinlangan xodim yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirish.
Shu‘ba boshlig'i vazirlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba

Google xarita

None