tez tibbiy yordam chaqiruv brigadasi navbatchi vrachi / tez tibbiy yordam chaqiruv brigadasi navbatchi vrachi
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Хатирчи тез тиббий ёрдам станцияси |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Chaqiruv brigada vrachi lavozimiga "Davolash ishi" va "Pediatriya" mutaxassisligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega, belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan, ish stajiga talablar qo‘yilmagan, amaliyotga ruxsat olgan mutaxassis tayinlanadi. “Tez tibbiy yordam” mutaxassisligi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi ustunlik beradi. |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-05-04 |
📋 Talablar
Chaqiruv brigada vrachi lavozimiga "Davolash ishi" va "Pediatriya" mutaxassisligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega, belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan, ish stajiga talablar qo‘yilmagan, amaliyotga ruxsat olgan mutaxassis tayinlanadi. “Tez tibbiy yordam” mutaxassisligi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi ustunlik beradi.
📌 Vazifalar
Ish faoliyatida navbatchilik jadvaliga muvofiq, TTYo uchun tasdiqlangan maxsus kiyimda, odob axloq normalariga rioya qilgan holda, ish vaqti boshlanishiga tayyor xolatda bo`lishi.
- Chaqiruvlar bo‘yicha tezkor chiqish, bemorning holatini baholash va differensial tashxis qo‘yish va bemorga shoshilinch yordam ko‘rsatish.
- Favqulodda holatlarda hayot uchun xavfli bo‘lgan vaziyatlarni aniqlab, zudlik bilan yordam ko‘rsatish (o‘pka yurak reanimatsiya, nafas yo‘llarini tiklash, qon aylanishini tiklash va x.o).
- Tashxis qo‘yish uchun obektiv ko‘rik, EKG, saturatsiya, qon bosimi, puls va boshqa muhim ko‘rsatkichlarni baholash.
- Dori vositalarini faqat ko‘rsatmaga asosan va dozalari belgilangan tartibda qo‘llash.
- Narkotik va psixotrop vositalarni qo‘llashda qonunchilik va xavfsizlik talablariga rioya qilish.
- Bemorni statsionar muassasaga yotqizish zarurati tug‘ilganda, xavfsiz transportirovkani ta’minlash va buni ATAT (elektron) tizimida to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirish.
- Voqea joyida o‘zini va brigada a’zolarini xavfdan asrash chora-tadbirlarini ko‘rish.
- Har bir chaqiruvdan so‘ng , elektron chaqiruv kartasini aniqlik bilan to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirish, dori sarfi (Apteka modul sistemasida), harakatlar ketma-ketligi, EKG natijalari, barcha tibbiy manipulyatsiyalar, xizmat davrida bo‘lgan har qanday holatni tizimda qayd etish.
- Tibbiy asbob-uskunalar va dori vositalarining texnik holatini tekshirib borish, ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish.
- Tibbiy sir saqlanishi, bemor axborotining maxfiyligi va kasbiy deontologiya tamoyillariga qat’iy amal qilish.
- Ish faoliyatida tashkilot ichki tartib qoidalari, mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi, texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalariga qatiy rioya qilishi va shu hujjatlar asosida ishni tashkil etish.
- Lavozim doirasida xizmat yozishmalari, hisobotlar va topshiriqlarni elektron tarzda olib borishni bilish, hujjatlarni lotin alifbosida yuritish. Jamoat ishlarida faol ishtirok etish.
- O‘z vazifalari bo‘yicha zamonaviy bilimlarni muntazam yangilab borish, har 5(besh) yilda kamida 1 marotaba malaka oshirish kurslarida qatnashib yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi. Qonun xujjatlarida belgilangani kabi, talab etilgan ish staj yillarida, belgilangan malaka toifasiga ega bo‘lishi shart.
- O‘z faoliyatida Sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-martdagi “Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi” to‘g‘risidagi 88-son buyrug‘i va Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori tomonidan 2025-yil 12-fevralda tasdiqlangan “Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida”gi 16/ICH-son buyrug‘i talablariga qat’iy rioya etish.
🕐 Ish sharoitlari
Tasdiqlangan grafik jadvaki asosida