#
Aktiv
#

tibbiy brigada doyasi / tibbiy brigada doyasi

Булоқбоши тумани М.Исмоилий МФЙ Исмоилий кўча 6 уй

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 23.10.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi 21-OP
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #8
🏷️ Yo'nalish / surcharge "Akusherlik ishi" (Doya)
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-10-19

📋 Talablar

Oʻrta maxsus tibbiy ma'lumot — tibbiyot kolleji yoki Jamoat salomatligi texnikumini "Akusherlik ishi" (Doya) mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan boʻlishi.Tibbiyot axborot tizimlari DMT va asosiy kompyuter dasturlari (Word, Excel) bilan ishlay olish koʻnikmasiga ega bo'lishi talab etiladi.

📌 Vazifalar

Homiladorlarni erta aniqlash va hisobga olish: Biriktirilgan hududdagi homilador ayollarni erta muddatlarda (12 haftagacha) aniqlash, ularni oilaviy shifokor va akusher-ginekolog koʻrigiga jalb etish hamda hisobga qoʻyish. Uyma-uy tibbiy patronaj: Homilador ayollar, tuqqan onalar va ginekologik kasalliklari mavjud ayollar xonadoniga belgilangan reja asosida borib, ularning umumiy ahvolini baholash va tibbiy patronaj koʻrigini oʻtkazish. Xavf guruhlari bilan ishlash: Homiladorlik asoratlari yoki ekstragenital kasalliklari sababli xavf guruhiga kiritilgan ayollarni alohida nazoratga olish va ularning oʻz vaqtida ixtisoslashgan koʻriklardan oʻtishini ta'minlash. Onkologik kasalliklar skriningi: Ayollar oʻrtasida bachadon boʻyni saratoni (onkotsitologik surtmalar olish) va koʻkrak bezi saratoni profilaktikasi boʻyicha skrining dasturlarini hududda tashkil etish va amalga oshirish.Oilani rejalashtirish va kontratseptsiya: Fertil yoshdagi ayollar bilan istalmagan homiladorlikning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish, ularga zamonaviy kontratseptsiya usullari haqida ma'lumot berish. Shoshilinch akusherlik yordami: Akusherlik va ginekologik favqulodda vaziyatlarda (toʻsatdan qon ketishi, eklampsiya xurujlari, tugʻruq boshlanishi) shifokor kelgunga qadar zudlik bilan birinchi tibbiy yordamni koʻrsatish. Muolajalar va shifokor topshiriqlari: Shifokor (oilaviy shifokor yoki akusher-ginekolog) tomonidan tayinlangan akusherlik-ginekologik va boshqa tibbiy muolajalarni xavfsiz va sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda bajarish. Sanitariya-oqartuv ishlari: Hudud aholisi va yoshlar oʻrtasida reproduktiv salomatlik, shaxsiy va jinsiy gigiyena, sogʻlom turmush tarzi qoidalarini keng targʻib qilish. Ona va bola salomatligini muhofaza qilish: Yosh onalarga goʻdakni faqat koʻkrak suti bilan boqish qoidalari, bolani toʻgʻri parvarishlash va profilaktik emlashlarning ahamiyatini oʻrgatish. Tibbiy hujjatlar va elektron bazani yuritish: Sohaga oid barcha tibbiy hujjatlarni (patronaj daftarlari, jurnallar, homilador kartalari) qat'iy tartibda yuritish hamda ma'lumotlarni elektron tibbiy tizimga (MIS) oʻz vaqtida kiritish.

🕐 Ish sharoitlari

Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari

Google xarita

None