Tibbiyot birlashmasi boshlig`i - ko`p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri / Tibbiyot birlashmasi boshlig`i - ko`p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri
Пахтаобод тумани Юқори МФЙ Келажак овози 131 уй
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Маъмурият бўлими |
| 💰 Maosh | 3 583 712 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Oliy tibbiy diplomi |
| ⏳ Ish tajribasi | 5 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Ha (ichki) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-04-20 |
📋 Talablar
Oliy maʼlumotga ega bo‘lishi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi); Davlat organlari va tashkilotlarda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi; davlat tilini mukammal bilish (horijiy tillarni bilish, IELTS, TOEFL IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi) kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi, MS Office bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishi; tuman (shahar) aholisiga ambulator va statsionar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, tez tibbiy, shoshilinch yordam xizmatlarini hamda ona va bola salomatligini muhofaza qilish hamda tibbiy yordamning diagnostika va davolash standartlarini ishlab chiqish, ushbu xizmatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish saloxiyatiga ega bo‘lishi; tuman (shahar) miqiyosidagi davolash-profilaktika muassasalari uchun dori vositalari va tibbiy buyumlar yillik ehtiyojini va buyurtmasini tuzish, maʼlumotlar to‘g‘riligini tahlil qilish hamda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining davlat xaridini tashkil etilishi yuzasidan takliflar kiritish saloxiyatiga ega bo‘lishi; Sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi mamlakatda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglashi; davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi. O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2022-yildagi “ Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son qonuni talablariga mos kelishi, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishi.
📌 Vazifalar
Birlashmada fuqarolarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordamni sifatli va qulay tarzda taqdim etilishini taʼminlash, tibbiy yordamni diagnostika-davolash standartlarida belgilangan hajmlarda va oʻrnatilgan talablarga mos ravishda amalga oshirilishini qatʼiy nazorat qilish; imtiyozli toifaga mansub aholiga bepul asosda yuqori malakali konsultatsiya va davolash-profilaktik tibbiy yordam koʻrsatilishini nazorat qilish; sogʻliqni saqlashni takomillashtirishga va har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni toʻlaqonli amalga oshirilishiga umumiy rahbarlik qilish; malakali tibbiyot kadrlarni tayyorlash, shifokor kadrlar zahirasini shakllantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish; hudud aholisining tibbiy madaniyatni oshirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, fuqarolarning oʻz sogʻligi uchun oʻzi javobgarligi tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini tashkil etish; sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorligini taʼminlashni nazarda tutuvchi masalalarni koʻrib chiqish, salbiy holatlarni oldini olish uchun hokimlik huzuridagi favqulodda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasiga takliflar taqdim etib borish; birlashmaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish choralarini koʻrish, zamonaviy tibbiyot texnikasi bilan jihozlanishini taʼminlash va amalda qoʻllanilayotgan tibbiyot texnologiyalari uslublarini kengaytirish hamda mustahkamlash; birlashma tibbiy xodimlari faoliyati ustidan doimiy nazorat oʻrnatish, ularning zimmasidagi ish yuklamalarini toʻliq bajarilishi, mehnat va ijro intizomining yuqori darajada rioya qilinishini taʼminlash; birlashma xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirishini nazorat qilish; birlashma xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashning qonun hujjatlarida belgilangan shartlarini kafolatlashi, texnika havfsizligini, ijtimoiy taʼminotni va muayyan ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash; birlashma tasarrufidagi mol-mulkdan maqsadli foydalanishni, uning saqlanishini taʼminlash; Qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritilishini nazorat qilish.
🕐 Ish sharoitlari
5 kunlik ish haftasi (9 00 dan - 18 00 gacha)