Tuman hokimligi murojaatlar bilan ishlash bo'yicha bosh mutaxassisi / Tuman hokimligi murojaatlar bilan ishlash bo'yicha bosh mutaxassisi
Toshkent viloyati, Piskent tumani A.Temur ko'chasi 138-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Ma'muriy - boshqaruv xodimlar |
| 💰 Maosh | 7 371 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-04-16 |
📋 Talablar
1. Mazkur lavozimga oliy ma’lumotli kamida bakalavr darajasida bo‘lishi kerak. “Yurisprudensiya”, “Psixologiya” va Iqtisodiyot (iqtisodiy strategik boshqaruv, davlat boshqaruvi, bank va moliya) yo‘nalishlari bo‘yicha ustunlik beriladi.
2. “Yurisprudensiya”, “Psixologiya” va Iqtisodiyot (iqtisodiy strategik boshqaruv, davlat boshqaruvi, bank va moliya) yo‘nalishlari bo‘yicha ustunlik beriladi.
3. Kamida 3 yil ish tajribaga ega bo‘lgan. (iqtisodiy yo‘nalishda davlat tashkilotlarida, hokimiyat tizimida, tijorat banklarida murojaatlar bilan faoliyat yuritgan bo‘lishi kerak.
4. Davlat tilini mukammal, rus va ingliz tillarini bilishi ijobiy tasniflanadi. (xalkaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda oliy ta’limni bitirgan nomzodlar ijobiy baholanadi)
5. Mazkur lavozimga Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point), zamonaviy axborot texnologiyalarida bazaviy bilishi, axborot xavfsizligi va edo.ijro.uz dasturlarida hamda internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi.
📌 Vazifalar
1. Qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari mazmun-mohiyatini bilishi;
2. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatini chuqur anglay olishi;
3. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha tegishli ko‘nikmaga, muomala madaniyatiga ega va o‘z yo‘nalishi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
4. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Davlat organlarida ish yuritish tartibi, Murojaatlarni ko‘rib chiqish va javob berish talablari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi;
5. Fuqarolar bilan muloqot etikasi ega bo‘lgan, Professional etika, kasb va umumahloqiy-ma’naviy sifatlarga ega bo‘lishi, fuqarolar bilan kirishimliligi, o‘z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobilyatiga ega bo‘lishi;
6. Yozma va og‘zaki nutq madaniyati yuqori bo‘lishi, konfliktli vaziyatlarni hal qilishi, Analitik fikrlash ega bo‘lishi;
7. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tahliliy va tashabbuskorlik va o‘z mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobilyatlariga ega bo‘lishi lozim.
8. Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirib borish;
9. Davlat tili (o‘zbek tili)ni mukammal bilishi, Rus tili yoki boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi;
10. Fuqarolarga yordam ko‘rsatishda adolatlilik, halollik, xolislik tamoyiliga qat’iy amal qilishi va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi;
11. Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi;
12. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash;
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha