#
Aktiv
#

Umumiy amaliyot hamshirasi / Umumiy amaliyot hamshirasi

Toshkent viloyati Chirchiq shahar Madaniyat ko'chasi 31 uy

2 341 214 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 10.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Filial Nevrologiya bo‘limi
💰 Maosh 2 341 214 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #6
🏷️ Yo'nalish / surcharge “Hamshiralik ishi”, “Davolash ishi”, “Akusherlik ishi” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘rta maxsus maʼlumot.
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-02-19

📋 Talablar

“Hamshiralik ishi”, “Davolash ishi”, “Akusherlik ishi” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘rta maxsus maʼlumot.

📌 Vazifalar

Bo‘lim hamshirasining asosiy vazifasi shifokorlarning bemorlarni davolash uchun qaratilgan tavsiyalarini bajarishdir. Hamshira asosiy vazifasini bajarish uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

1.Belgilangan tartibga muvofiq navbatchilik qilish va navbatchilikni topshirish.
Shifokor bilan birga bemorlarni ko’rish va tavsiyalarini yozish hamda solishtirish.
Qabul kilingan tibbiy hujjatlarni tuldirish.Taxlilxonadan olingan ma’lumotlarni kasallik tarixiga yopishtirish.
Bemorlar xayotiga taxdid qiluvchi: o‘pkadan qon ketish, nafas va yurak etishmovchiligi hamda boshqa shifokorgacha bulgan holatlarda bemorga zudlik bilan tibbiyo yordam ko‘rsatish.
Shifokor tavsiyalarini belgilangan tartibda bajarish.
Og‘ir ahvoldagi bemorlarni nazorat qilish, ularga yuvinishda yordam berish va ovqatlantirish.
Belgilangan tartibda bemorlarni taxlilxonalarga va muolaja xonalariga yuborish. Ordinator tavsiyasiga ko‘ra klinik, bakterologik, bioximik taxlillar uchun moddalar yig‘ish va ularni o‘z vaqtida tekshirishga yuborish.
Tartibga binoan kasallarni taxlilxona va tashxisot tekshiruviga tayyorlash va ularga tushincha berish.
Katta hamshiradan bemorlar uchun talabnoma asosida dori-darmon olish.
Tavsiya etilgan parxez bo‘yicha bemorlarning ovqatlanishini nazorat qilish.
Yangi qabul qilingan bemorlar hujjatlarini rasmiylashtirilganidan so‘ng xonalarga joylashtirish. Bemorlarni tartibga binoan bo‘limdan chiqarish.
Bemorlarning dori-darmon ichishini shaxsan nazorat qilish.
Kichik tibbiy xodim tomonidan o‘rnatilgan sanitariya xolatini saqlanishini nazorat qilish (xonalarni xullab tozalash, shamolatish, dez. suyukliklarini ishlatish, kiyimlarni almashtirish va xokozo).
Bemorlarni ertalabki badantarbiya, mehnat muolojalari va boshqa tashxisotlar-muoloja tadbirlariga borishini ta’minlash.
Bemorlar bilan sanitariya-oqartiruv suxbatlarini o‘tkazish.


🕐 Ish sharoitlari

navbatchilik

Google xarita

None