#
Aktiv
#

Urganch tumani "Bog‘dorchi" MFY Yoshlar yetakchisi / Urganch tumani "Bog‘dorchi" MFY Yoshlar yetakchisi

Урганч туман Шодлик МФЙ Жайхун кучаси 2/3-уй

7 480 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 23.10.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Mahallada yoshlar yetakchisi
💰 Maosh 7 480 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-10-19

📋 Talablar

Oliy maʼlumotga ega boʼlishi. 35 (o‘ttiz besh) yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi, davlat tilini bilishi lozim, rus va ingliz tillarini bilgan, IELTS sertifikatiga ega boʼlgan nomzodlar ijobiy baholanadi. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʼida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega boʼlishi lozim. Yetakchi lavozimiga nomzodlarni tanlashda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, MAHALLA HUDUDIDA ISTIQOMAT QILADIGAN, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarga shaxsiy fazilati, fidoyiligi, sadoqati va vatanparvarligi bilan namuna ko‘rsatgan holda o‘z ortidan ergashtira oladigan nomzodlarga afzalliklar beriladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi Qonunning 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.

📌 Vazifalar

O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish; mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzalari va chiqishlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalarning mazmun-mohiyatini, Agentlikning vazifalari va faoliyat ko‘rsatkichlari haqida doimiy ravishda xabardor bo‘lishi; odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya qilishi; xizmat faoliyati davomida turli soha mutaxassislari, ekspertlar va jamoatchilik vakillari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur.

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.

Google xarita

None