UZD hamshirasi / UZD hamshirasi
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Bo‘linma mavjud emas |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #8 |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | funksional diagnostika hamshirasi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
.Funksional diagnostika xona hamshirasi lavozimiga tibbiyot kollejini tugatgan, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan, malakali hamshira tayinlanadi.
2. Funksional diagnostika xona hamshirasi qonunga asosan ishga qabul qilinishi va ishdan bo‘shatilishi bosh shifokor tomonidan amalga oshiriladi.
3. Funksional diagnostika xona hamshirasi boshliq muovini va bosh hamshiraga bo ‘ysinadi.
4. Funksional diagnostika xona hamshirasi o‘z ish faoliyatida va ishini tashkillashtirishda yuqori tashkilotlardan tushgan Nizom, farmonlar, qarorlar, buyruqlar, funksional diagnostikaga oid uslubiy qo‘llanmalar va bosh shifokor buyruqlari, ko’rsatmalari, xamda ushbu nizom asosida ishlaydi.
Funksional diagnostika xona hamshirasi lavozimida faoliyat yuritgan xolda sog ‘liqni saqlash tizimiga oid barcha qonun va me’yoriy hujjatlarga, SSV va Toshkent ShSSBB buyruq va ko‘rsatmalariga, tuman tibbiyot birlashma Nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomasi va boshqa lokal xujjatlarga to’la rioya qilish va ulardagi talablari bekami-ko‘st bajarish;
2.Bemorlarni roziligisiz, bolalarni ota-onasi, vasiy va xomiysining roziligisiz zarur xujjatlarni rasmiylashtirmasdan tibbiy muolajalari o’tkazmaslik, qon va qon preparatlari quymaslik, hamda sanitariya-gigiyena va epidemiologik chora-tadbirlari o’tkazmaslik;
3.Yosh bolalarni va chaqaloqlarni amaldagi qonun-qoida va tartibga zid ravishda asrab olish borasida maslahat bermaslik;
4.Yuqumli va OITS kasalliklarining oldini olish maqsadida buyruq va ko ‘rsatmalarida belgilangan himoya vositalarini qo’llanmasdan tibbiy muolajalarni bajarmaslik;
5.Sir hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibga zid ravishda taqdim etmaslik;
6.Turli firmalarni dori mahsulotlarini bosh vrach ruxsatisiz ishlatmaslik va tarqatmaslik;
7.Tashqi ko‘rinishga axamiyat berish, doimo xamshiraning ish formasida yurish;
8.Axoli va bemorlarning yoshi, millati, kasbi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar doimo xushmuomala bo’lish; etika-deontologiyaga rioya qilish va subordinasiya saqlash;
9. Sanitariya-gigiyena va aseptika-antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish;
10.Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish;
11.Odob-ahloq qoidalariga, kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilish;
📌 Vazifalar
Vrach ko‘rsatmalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida poliklinika va uyda bajarish.
2. Funksional diagnostik tekshiruvlarni me’yoriy uslub-qo‘llanmalarga qat’iy amal qilgan xolda bajarish.
3. Funksional diagnostik tekshiruv vaqtida bemorlar ahvolini nazorat qilish va bemorni ahvoli yomonlashgan vaqtda shifokorni chaqirish, hamda vrach kelgunga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
4. Funksional diagnostik tekshiruvlar uchun kerakli dori-darmonlar, tibbiy vositalari olish.
5. O‘tkazilgan funksional diagnostik tekshiruvlar hisobotini yuritish.
6.Funksional diagnostik apparatlarning ishlashi ustidan nazorat qilish, apparatning buzilgani aniqlansa bu haqda bosh hamshiraga xabar berish.
7.Funksional diagnostika xonasida ish tugagandan so’ng xonada elektr va suv tizimini o‘chirish.
8.Tibbiy hujjatlar, asbob-anjomlar va xonaning sanitariya xolatiga javobgar.
9. Bemorlar orasida sanitariya-targ’ibot ishlari olib borish;
10. Funksional diagnostika hamshirasining ish vaqti bosh shifokor tasdiqlangan jadval asosida tuziladi.
11.Hamshira o’z tibbiy malaka bilim-saviyasini doimo xar 5 yilda oshiradi.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida