#
Aktiv
#

Бўлим бошлиғи / Бўлим бошлиғи

Манзил: 100100, Тошкент шаҳри, Яккасарой тумани, Бобур 1-тор кўчаси, 17-уй.

5 351 011 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 25.04.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Pestitsidlar va kimyolashtirish vositalarini ro‘yxatga olish, nazorat qilish boshqarmasi
💰 Maosh 5 351 011 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Oliy ma’lumotli, OTM klassifikatoriga muvofiq mutaxassislik (o‘simliklar karantini va himoyasi, agronom, kimyo, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi ta’lim yo‘nalishi)ni tamomlagan
⏳ Ish tajribasi 7 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-04-16

📋 Talablar

Oliy ma’lumotli, OTM klassifikatoriga muvofiq mutaxassislik (o‘simliklar karantini va himoyasi, agronom, kimyo, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi ta’lim yo‘nalishi)ni tamomlagan, sohada yoki boshqaruv organlarida kamida 7 (yetti) yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi zarur. Nomzod o‘zbek, rus tillarida fikrlarini to‘liq bayon eta oladigan hamda quyidagi talablarga javob berishi lozim: 1) boshqaruv ish tajribasiga ega bo‘lish; 2) qishloq xo‘jaligida ekin turlari bo‘yicha barcha turdagi pestitsidlar va kimyoviy vositalarni ishlatilish me’yorlarini bilishi; 3) O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan hamda import qilinadigan pestitsidlar va kimyoviy vositalar turlarini bilishi; 4) qonun ijodkorligi bo‘yicha tashabbuskor bo‘lish va normativ huquqiy hujjatlar bilan ishlashni bilish; 5) prognoz va strategik tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha yuqori darajadagi analitik salohiyatga ega bo‘lishi 6) Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibini bilishi; 7) kompyuter savodxonligi bo‘yicha “Microsoft Excel”, “Microsoft Word” va “PowerPoint” dasturlarini mukammal bilishi shart. Xodimga oylik ish haqidan tashqari lavozimidagi asosiy faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) inobatga olingan holda, xodimga qo‘shimcha ustamalar ham to‘lash ko‘zda tutilgan. Tanlovda O'zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati tog'risida"gi Qonunning 8-moddasi birinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishida cheklovlar belgilanganligiga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, mehnat shartnomasi tuzishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son Farmoni 3-bandidagi talablar asosida tuziladi. Yuqoridagi talablar bilan birga chet tillarini bilish bo'yicha sertifikatga ega yoki ilmiy daraja (unvon)ga nomzodlarga tanlovda ustunlik beriladi.

📌 Vazifalar

Majburiyatlar: 1) bo‘linmaning umumiy faoliyati bo‘yicha rahbarlikni olib boradi; 2) respublikada yagona ilmiy-texnik siyosatni tashkillashtirish, yuritish va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda idoralararo hamkorlikni taʼminlaydi; 3) pestitsid va kimyoviy vositalar ishlatilishi bilan bog‘liq xalqaro majburiyatlarni bajarish va mintaqaviy muammolarni o‘rganishda ishtirok etadi; 4) pestitsid va kimyoviy vositalar bilan bog‘liq tadbirlarni manzilli davlat dasturlariga kiritish uchun ta’sir choralarni olib boradi; 5) bo‘linmaning tasarruf etish sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Qishloq xo'jaligi vazirligiga taqdim etiladigan takliflar va hujjatlar loyihasini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi; 6) rahbariyat topshirig‘i (ruxsati)ga muvofiq bo‘linmaning tasarruf etish sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Hukumat va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida shuningdek, o‘simliklar karantini va ximoyasi bo‘yicha respublika va idoraviy meʼyorlar, qoida va standartlar ishlab chiqilishida, kelishilishida va tasdiqlanishida, o‘simliklar karantini va himoyasi bilan bog‘liq xalqaro majburiyatlarni bajarish va mintaqaviy muammolarni hal qilinishida, pestitsidlar va kimyoviy vositalar ishlatilishi bo‘yicha tartib-qoidalari ijrosi sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha davlat dasturlari ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi; 7) lavozim yo‘riqnomasiga asosan boshqa vazifa va majburiyatlarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlaydi.

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha, tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha

Google xarita

None