#
Aktiv
#

Шўъба мудири / Шўъба мудири

Наманган вилояти Учқўрғон тумани Дўстлик МФЙ, Дўстлик кўчаси 33-уй

3 600 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 26.04.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi
💰 Maosh 3 600 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Pedagogika yoʻnalishi
⏳ Ish tajribasi 4 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-04-17

📋 Talablar

Oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi).Kamida 4 yil shundan, 1 yil davlat boshqaruvi organlari yoki taʼlim sohasi boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi.

📌 Vazifalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazirlikning hay’ati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda ko‘rsatmalariga, boshqarmaning hay’ati qarorlari, hududiy boshqarma boshlig‘i va bo‘lim boshlig‘ining buyruqlari va topshiriqlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida ijro etish;
umumiy o‘rta ta’lim siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli bo‘linmalari bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish Shubasi ning yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun bo‘lim boshlig‘iga kiritish;
ish rejada belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;
Shuba faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash
hamda Shuba faoliyatiga oid muhim masalalar haqida bo‘lim boshlig‘iga muntazam ravishda axborot berish;
maktablar Shubasi ga bevosita umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Shuba xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda mazkur nizomga muvofiq yuklangan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
Shuba xodimlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida tegishli topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
umumta’lim maktablarini tashkil etilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;
sohaga oid hisobotlarni to‘plash, asosiy ko‘rsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish, bo‘lim boshlig‘iga va boshqa vakolatli yuqori turuvchi organlarga taqdim qilishni tashkil etish;
tuman (shahar)dagi umumta’lim maktablariga maktab yoshidagi bolalarni to‘liq qamrab olish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni shakllantirish hamda qabul qilinishi kutilayotgan 1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi”ga buyurtmalarni shakllantirish va Boshqarmaga taqdim etish;
umumta’lim maktablari tomonidan 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarni Vazirlikning adm.maktab.uz elektron platformasiga kiritilishini nazorat qilish;

umumta’lim maktablarining 1-sinfiga o‘quvchilar qabuli va ularga “Prezident sovg‘asi”ni yetkazib berilishini ta’minlash va nazorat qilish;
erp.uzedu.uz elektron platformasida o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni kiritilishini ta’minlash va nazorat qilish;
umumta’lim maktablari tomonidan elektron dastur orqali yuborilgan sinflar komplektini shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tumanning bosh iqtisodchisi bilan birgalikda belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish va ular ishlarini muvofiqlashtirish;
lavozim majburiyatiga taalluqli yo‘nalishlar bo‘yicha fuqarolardan kelgan murojaatlarni o‘rganib chiqib, tegishli javob xatlarini yuborish;
bo‘lim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
xodimlarning va ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilish;
ta’limi tizimi obro‘si va sha’niga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;
foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda o‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
5. Shuba boshlig‘i quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qilishi;
Tuman (shahar) hokimligi, boshqarma va bo‘lim boshlig‘i buyruqlarida yuklatilgan tegishli
topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlashi;
bo‘lim boshlig‘i mehnat ta’tili, kasallik varaqasiga chiqqan hamda malaka oshirishga ketgan vaqtlarda uning lavozim majburiyatlarini bajarish;
bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berishi.

🕐 Ish sharoitlari

9:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None