Стоматолог ҳамшираси / Стоматолог ҳамшираси
Сергели тумани Қурувчи дахаси 2
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | тор мутахасислар бўлими |
| 💰 Maosh | 2 453 666 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #8 |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | hamshiralik ishi, umumiy amaliyot hamshirasi, feldsherlik ishi, davolash ishi |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-04-18 |
📋 Talablar
1. Stomatolog hamshirasi lavozimiga maxsus tayyorgarlikga ega stomatolog hamshirasi tayinlanadi.
2. Stomatolog hamshirasi bosh shifokor tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo‘shatiladi.
3. Stomatolog hamshirasi bevosita bosh xamshiraga bo‘ysunadi.
4. Stomatolog hamshirasi o‘z ishida stomatolog xonasi uchun belgilangan yo‘riqnomalar va qoidalarga, shuningdek bosh shifokorning, bosh shifokor o‘rinbosarining buyruqlari xamda farmoyishlariga va mazkur yo‘riqnomaga amal qiladi.
📌 Vazifalar
Stomatolog hamshirasi ning vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Shifokor ko‘rsatmasiga binoan stomatologik muolajalarga yordam berishga va stomatologik asboblarini markaziy sterilizatsiyaga olib boradi so‘ng tayyor asbob-uskunalarni shifokor xonasiga etkazadi.
2. Stomatologik muolajalarini o‘tkazish uchun qabulga stomatologik asbob –uskunalarini tayyorlash
3. Muolaja vaqtida bemorning xolatini kuzatish va uning axvoli yomonlashgan taqdirda birinchi yordam kursatish.
4. Shifokor kelgunga qadar, bemorlarni qabul jurnaliga yozilgan va yozilmaganligini tekshirish
5. Bemorlarning stomatolog xonasiga tashrifini boshqarish.
6. Stomatologik asboblari va apparaturalari bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalarini bilish.
7. Asboblar va apparatlar ishini nazorat kilish, nosozliklarda bu xaqda bosh hamshiraga xabar berish.
8. Xonada sanitariya-epidemiyaga qarshi tartibga rioya qilish.
9. Belgilangan tartibda xisob va xisobot xujjatlarini yuritish.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida