Врач-статист / Врач-статист
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Маъмурий-бошқарув ходимлари |
| 💰 Maosh | 4 132 085 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | oliy tibbiy ma’lumotga ega |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-04-21 |
📋 Talablar
Vrach-statist lavozimiga oliy tibbiy ma’lumotga ega, kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada biladigan, elektron hujjat aylanishi tizimi hamda elektron avtomatlashtirilgan tibbiy tizimlarda (MedData, Microsoft Office, Edo Ijro va boshqa) ishlay oladigan, axborot xavfsizligi talablariga rioya qiluvchi, o‘zbek tilini mukammal biladigan hamda lotin yozuvida ravon yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassis tayinlanadi.
📌 Vazifalar
- Filial va uning tarkibiy bo‘linmalarida statistik faoliyatni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son qarori, SSVning 15.07.2022-yildagi 198-son buyrug‘i, 31.12.2020-yildagi 363-sonli buyrug‘iga muvofiq tibbiy statistika faoliyatini yuritadi.
- Elektron avtomatlashtirilgan tizimlardan (MedData va boshqa) ma’lumotlarni sifatli, to‘g‘ri va tezkor olish.
- Shahar va tuman TTYo stansiyalaridan kunlik, oylik, choraklik va yillik statistik hisobotlarni yig‘ib, tahlil qiladi va belgilangan muddatda Respublika Tez Tibbiy Yordam Markaziga taqdim etadi.
- Statistika bo‘yicha birlamchi hujjatlarning (103-shakl, chaqiruv jurnallari va boshqalar) yuritilishini joylarda o‘rganadi va ularning haqqoniyligini nazorat qiladi.
- Tibbiy statistika ko‘rsatkichlari asosida tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi va filial rahbariyatiga taqdim etadi.
- Tibbiy va shoshilinch yig‘ilishlar uchun grafik, diagramma, taqdimot va izohli tahlillar tayyorlaydi.
- Tizimdagi vrach-statist va statistik xodimlarga uslubiy ko‘rsatmalar beradi, seminar-treninglar o‘tkazadi.
- Qonunchilik va ichki hujjatlardagi o‘zgarishlar haqida joylardagi xodimlarni xabardor qiladi.
- Axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha barcha talablarga qat’iy amal qiladi.
- Kompyuter va AKT texnologiyalaridan samarali foydalanadi.
- Malakasini doimiy oshirib boradi.
- Rahbariyat topshirig‘i bilan qo‘shimcha tahliliy yoki nazorat ishlarini olib boradi.
- Ish faoliyati davomida Axborot taxlil, Hududiy muvofiqlashtirish markazi, Call-markazi, Tashkiliy uslubiy bo‘lim, Favqulotda vaziyatlarda tez tibbiy yordam ishini tashkil etish, Sifatni monitoring va nazorat qilish bo‘limlari ma’lumotlarini yig‘ishga yordam beradi.
- O‘z faoliyatida Sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-martdagi “Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi” to‘g‘risidagi 88-son buyrug‘i va Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori tomonidan 2025-yil 12-fevralda tasdiqlangan “Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida”gi 16/ICH-son buyrug‘i talablariga qat’iy rioya etish.
🕐 Ish sharoitlari
Haftalik 5 ish kuni (dushanba-juma)