Шифокор-лаборант / Шифокор-лаборант
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Серология лабараторияси |
| 💰 Maosh | 5 281 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | shifokor-laborant (Xodimning bola ta'tili vaqtida) |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-04-21 |
📋 Talablar
Bu lavozimga oliy tibbiy ma’lumotga ega, serologiya laboratoriya bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va mutaxassis sertifikatiga ega bo‘lgan shifokor laborantlar ishga qabul qilinadi. Shifokor-laborant filial bosh shifokori tomonidan amaldagi qonunlarga ko‘ra ishga qabul qilinadi va ishdan ozod etiladi. Shifokor-laborant bevosita bosh shifokorga, davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor movuniga va bo‘lim mudiriga bo‘ysinadi.
📌 Vazifalar
1. Shifokor laborant bajaradigan ishi bo‘yicha normativ hujjatlar, buyruqlar, yuqori tashkilot va yuqori lavozimdagi shaxslar buyruqlari bilan ish olib boradi.
2. Shifokor laborant serologik tahlillarni bajaradi va qo‘l ostidagi laborantlarning bajarayotgan tahlillarini nazorat qiladi.
3. Laborator tekshiruvlar yangi metodlarini o‘zlashtirishni va kiritishni, yangi asbob-uskunalarda ishlashni o‘rganadi.
4. Biologik materialni olish, saqlash va laboratoriyaga olib kelish tartib qoidalariga rioya qiladi va o‘z tavsiyalarini beradi.
5. Laborator tekshiruvlarning ichki va tashqi sifat nazoratini o‘tkazishda qatnashadi.
6. O‘rnatilgan tartibda laboratoriyaning faoliyati bo‘yicha oylik, chorak, yarim yillik, yillik hisobotlar tayyorlashda qatnashadi.
7. Laborantlar va kichik tibbiy xodimlar ishini nazorat qiladi va malakasini oshirishga yordam beradi.
8. Laboratoriya mudirining topshirig‘iga muofiq reaktivlar va kerakli laboratoriya jihozlarining sarflanishini nazorat qiladi.
9. Xizmat safari yoki turli sabablar bilan laboratoriya mudiri yo‘qligida uning vazifasini vaqtinchalik bajaradi.
10. Reja asosida o‘z malakasini oshiradi, toifaga ega bo‘lishi lozim.
11. Ish jarayonida korrupsiya holatlariga yo’l qo’ymasligi lozim.
🕐 Ish sharoitlari
grafik asosida